Meta kompaniyasi Muse sun’iy intellekt agentlari bilan muloqot qiliş va birgalikda işlaşning yangi usuli bölgan Spaces funksiyasini taqdim etdi. TechCrunch naşri xabar berişiça, Spaces Muse interfeysining yon panelida joylaşgan. Ulardan biri tanlanganda foydalanuvçi muayyan mavzuga bağişlangan alohida suhbatga ötadi va Muse u yerda aniq bir maqsad sari işlaydi.
Meta Spaces’ni «maxsus tajribalar» deb ataydi. Kompaniya misol tariqasida sayohatni rejalaştiriş, oilaviy tadbir uçun retseptlar töplaş, bayram sovğalari trekeri, töy rejalaştiruvçisi hamda öz qöli bilan yasaladigan loyihalar uçun maydonlarni keltirgan. Meta ma’lumotiga köra, foydalanuvçi ğoyasini çatda tasvirlab beradi, Muse esa uning uçun treker, rejalaştiruvçi yoki loyiha paneli kabi maydon yaratadi.

Spaces uçinçi tomon ilovalari va ma’lumotlariga ham ulanişi mumkin. Kompaniya tuşuntirişiça, bunday maydonlar fon rejimida yangilanib turadi: yangi konsert sanalari, narxlar özgarişi yoki jamğarmalar holati foydalanuvçi söramasa ham avtomatik ravişda paydo böladi.
Mark Sukerberg 6-noyabr kuni X tarmoğida Spaces bilan tajriba qilib körganini yozdi. Uning söziga köra, u BBQ öyini, tadbirlar trekeri va uyni boşqariş panelini yaratgan. «Siz nima yaratişingizni körişni intiqlik bilan kutyapman», deb yozdi u.
Muse agentlari sentyabr oyida işga tuşirilgan. Fortune naşri yozişiça, Sukerberg oktyabr oyidagi moliyaviy hisobot muhokamasida Muse işga tuşganiga ikki oy ham bölmay AQŞ va Kanadada 10 mln foydalanuvçiga ega bölganini ma’lum qilgan. 5-noyabr kuni Meta AQŞ foydalanuvçilariga agent bilan videoqöngiroq orqali gaplaşiş va unga ovozli buyruqlar beriş imkonini beruvçi Muse Voice funksiyasini ham e’lon qildi. Bu yönalişda Meta OpenAI’ning dots va SpaceXAI’ning Grokbot kabi multfilm qahramonlariga öxşaş agentlari bilan raqobatlaşmoqda.