Netflix 3-noyabr kuni televizor ilovasida AI Discover nomli yangi bölim paydo bölganini e’lon qildi. Uning birinçi tajribaviy funksiyasi foydalanuvçiga ayni paytdagi kayfiyatiga mos film yoki serial tanlaşda yordam beradi. Bu haqda TechCrunch naşri va kompaniyaning rasmiy blogi xabar berdi.

Foydalanuvçi film va seriallardan olingan lavhalar asosida tuzilgan mavzulardan birini tanlaydi. Mavzular kayfiyat, tomoşa qiliş odatlari, böş vaqt miqdori yoki yangi va maşhur kontentga qarab şakllantiriladi. Masalan, «yengilroq narsa», «meni qörqit», «oilaviy kino keçasi» va «qisqa tomoşalar» kabi variantlar bor. Netflix ma’lumotlariga köra, mavzularni yaratişda sun’iy intellekt yordam beradi.

Netflix AI Discover bölimi televizor ekranida

Mavzu tanlangaç, unga mos filmlar röyxati çiqadi. Undan keyin aniqroq mavzularni tanlaş yoki «boşqa narsa» tugmasi orqali qaytadan boşlaş mumkin. Har bir film yonida «Play» va «My List» bilan bir qatorda «Tune Your Recommendations» tugmasi joylaşgan. U yoqqan filmlarni saqlab qoliş yoki keraksiz filmlarni keyingi tavsiyalardan çiqarib taşlaşga imkon beradi.

Kompaniya AI Discover foydalanuvçi aytgan narsalarga real vaqtda javob beradigan va doimiy örganib boradigan yangi «intellektual qatlam» asosida işlaşini ma’lum qildi. Netflix bu bölimni öziga xos «sinov oşxonasi» deb ataydi: bu yerda kontent qidirişning yangi usullari sinab körilib, foydalanuvçilar fikriga qarab qaysi funksiyalar asosiy ilovaga qöşilişi hal qilinadi.

Hozirça bölim AQŞda Netflix’dan ingliz tilida qöllab-quvvatlanadigan televizorlarda foydalanadiganlar uçun çiqarilmoqda. Kompaniya keyingi haftalarda unga kirişni kengaytirişni rejalaştirmoqda. Funksiya mavjud bölgan foydalanuvçilar televizordagi yuqori menyuda qizil gavhar belgisi va «New» yozuvi bilan «Discover» tugmasini köradi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar