Xalqaro ITER termoyadro reaktori loyihasi muhandislari 330 tonnalik supersöatkazuvçi magnit – D şaklidagi 17-raqamli toroidal maydon ğaltagini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. Interesting Engineering naşriga tayanib iXBT.com xabar berişiça, ğaltak 4 K (–269 °C) haroratgaça soviltilgan va undan 34 kA tok ötkazilgan. Bu uning 68 kA lik nominal işçi tokining yarmiga teng.

Sinovlar avgust oyida boşlangan va sinov toki böyiça şu paytgaça ötkazilganlarining eng keng qamrovlisi böldi. Muhandislar ğaltak elektromagnit kuçlar ta’sirida hisob-kitob modellari oldindan aytganidek deformatsiyalanişini tasdiqladi.
30-oktabr kuni ğaltak kriogen sinov qurilmasidan çiqarilib, transport ramasiga ötkazildi. Endi u vaqtinçalik omborga, keyin esa vakuum kamerasi sektoriga örnatiliş uçun ITER’ning yiğiş zaliga jönatiladi. Eslatib ötamiz, sinov dasturi 2026-yil may oyida 7-raqamli ğaltak bilan boşlangan va dastlab u 10 kA tokda sinalgan edi.
Keyingi bosqiçda 19-raqamli zaxira toroidal ğaltak 2027-yil aprel oyida 4 K gaça soviltilib, 34 kA tokda sinalişi kutilmoqda. Muhandislar, şuningdek, himoya tizimini tekşiriş uçun ğaltakning ayrim qismlarini ataylab qizdirmoqçi. Toroidal ğaltaklar sinovi yakunlangaç, qurilma birinçi poloidal ğaltakni sinaş uçun moslaştiriladi. ITER’ning magnit tizimi 18 ta D şaklidagi toroidal ğaltak, oltita poloidal magnit va markaziy solenoiddan iborat.
ITER Fransiya janubida 35 davlat, jumladan Yevropa Ittifoqi a’zolari, Rossiya, AQŞ, Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Janubiy Koreya iştirokida qurilmoqda. Loyiha boşqariladigan deyteriy-tritiy termoyadro sintezi plazmani isitişga sarflangan quvvatdan ön baravar köp energiya bera olişini körsatişi kerak. Plazma taxminan 150 mln °C gaça qizdiriladi. Reaktor elektr energiyasi işlab çiqarişga möljallanmagan, biroq kelajakdagi termoyadro elektr stansiyalari sari muhim qadam hisoblanadi.