OpenAI, Google, Microsoft va Anthropic kompaniyalari veb-sayt egalariga sun’iy intellekt modellarini öqitişdan bitta signal orqali voz keçiş imkonini beradigan yagona standartni qöllab-quvvatladi. Bu haqda The Verge naşriga tayanib iXBT.com xabar berdi. Hozirgaça sayt egalari har bir kompaniyaning qidiruv robotlari uçun çeklovlarni alohida sozlaşiga töğri kelardi.

Sun’iy intellekt öqitişidan voz keçiş signali

Yangi mexanizm robots.txt fayliga qöşiladigan maxsus siyosat tokeniga asoslanadi. Uni Internet muhandisligi işçi guruhi (IETF) doirasida Anthropic kompaniyasining texnik standartlar böyiça mutaxassisi Kevin Kelley taklif qilgan. Anthropic signalni allaqaçon joriy qilgan, OpenAI buni yaqin oylarda amalga oşirişni rejalaştirmoqda, Google va Microsoft esa 2027-yilda qöllab-quvvatlay boşlaydi.

Microsoft bundan ham aniqroq sozlamalarni joriy qilmoqçi: naşriyotlar öz materiallarini modellarni öqitiş va «grounding», ya’ni javoblar uçun tekşirilgan taşqi ma’lumotlarni olişdan alohida-alohida çeklay oladi. Har ikki holatda ham saytlar Bing qidiruv natijalarida qolaveradi. Google’da şunga öxşaş boşqaruv vositalari allaqaçon mavjud.

OpenAI logotipi

Meta vakili Endi Stoun umumiy mexanizm ğoyasini qöllab-quvvatladi, biroq kompaniya bunday taqiqlarga amal qilişini tasdiqlamadi. Ta’kidlanişiça, yangi signal uni qöllab-quvvatlamaydigan yoki unga rioya qilmaydigan kompaniyalarning robotlaridan himoya qilmaydi.

Kontentni himoya qilişning boşqa yöllari ham bor. Masalan, Really Simple Licensing (RSL) standarti robotlarning saytga kirişi uçun haq olişga imkon beradi, Cloudflare esa sun’iy intellekt robotlarini standart tarzda bloklaydi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar