Amerikaning Wonder kompaniyasi birlamçi ommaviy taklif (IPO) uçun maxfiy tarzda ariza topşirganini 2026-yil 5-noyabrda e’lon qildi. TechCrunch naşri xabar berişiça, kompaniya qança aksiya sotişni va ularning taxminiy narx oraliğini hozirça oşkor qilmagan.

Wonder 2018-yilda Jet.com va Diapers.com servislarining asosçisi Marc Lore tomonidan tuzilgan. Dastlab taom yetkaziş loyihasi sifatida boşlangan startap bugun özini kengroq oziq-ovqat texnologiyalari biznesi deb ataydi. Kompaniya bir neçta restoran brendidan bitta platforma orqali buyurtma beriş mumkin bölgan zallarni boşqaradi, taom tayyorlaş, yetkaziş, olib ketiş va joyida ovqatlaniş xizmatlarini özi taşkil etadi.

Wonder asosçisi Marc Lore

Iyul oyida Wonder 650 mln dollardan ortiq mablağ jalb qilganini ma’lum qilgan edi, öşanda uning bahosi taxminan 9 mlrd dollarni taşkil etgan. Kompaniya investorlari orasida Accel, GV, AllianceBernstein va ARK Invest bor. Wonder 2027-yil oxirigaça Texas ştatida 100 dan ortiq yangi nuqta oçişni rejalaştirmoqda.

Sönggi yillarda kompaniya bir neçta yirik xaridni amalga oşirgan: ovqat töplamlari servisi Blue Apron, restoranlardan yetkaziş platformasi Grubhub, Tastemade media kompaniyasi va oşxona robotlarini işlab çiqaruvçi Spyce şular jumlasidan. Bundan taşqari, Wonder tadbirkorlar va blogerlarga restoran konsepsiyasi, brendi va menyusini yaratişda yordam beradigan Wonder Create sun’iy intellekt platformasini işga tuşirgan.

Kompaniya DoorDash bilan 425 mln dollarlik hamkorlik ham olib bormoqda: u 450 ta kollej va universitetda talabalarni ovqatlantiriş xizmatini kengaytirişga qaratilgan. Şu bilan birga, Wonder taom yetkaziş bozorida DoorDash va Uber Eats bilan raqobatlaşadi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar