Yandex Go ilovasidagi tovarlarni uzoqroq muddatda yetkazib beradigan Market vitrinasi 10-noyabrda öz faoliyatini töxtatadi. Bu haqda Gazeta naşriga Yandex Uzbekistan matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kompaniya xabar berişiça, foydalanuvçilar 10-noyabrgaça Market orqali buyurtma berişi mumkin. Şu sanagaça rasmiylaştirilgan barça buyurtmalar körib çiqilib, egalariga yetkaziladi. Yandex Go ilovasida esa oziq-ovqat, elektronika, kosmetika va uy-rözğor buyumlarini 15 daqiqadan boşlab yetkaziş bilan buyurtma qiliş imkoniyati saqlanib qoladi.

Go Market belgisi Toşkentdagi topşiriş punkti eşigida

Yandex endi tezkor yetkaziş xizmatlari — «Dökonlar» va Lavka’ga e’tibor qaratmoqda. «Tezkor yetkazib beriş — kompaniyaning eng tez rivojlanayotgan yönalişlaridan biri», deyiladi Yandex Uzbekistan bayonotida.

Kompaniya ma’lumotlariga köra, ötgan bir yil içida «Dökonlar» xizmatidagi hamkorlar soni deyarli ikki baravar oşib, 500 taga yetgan. Lavka tarmoğida 10 ta ombor-dökon işlaydi, xususiy brend ostidagi mahsulotlar turi esa 100 tadan oşgan. 2026-yilda «Dökonlar» va Lavka orqali berilgan buyurtmalar soni 2025-yilga nisbatan allaqaçon uç baravar köpaygan.

Market bilan işlagan hamkorlarga, agar ular tezkor yetkaziş bilan şuğullanmoqçi bölsa, «Dökonlar» yoki Lavka bilan hamkorlik qilişni körib çiqiş taklif etilgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar