AMD boş direktori Lisa Su Yahoo Finance jurnalisti Brayan Sotstsi bilan suhbatda ma’lumotlar markazlari kompaniya uçun birinçi örinda turişini va AMD’ning özligi hamda öşişining asosini taşkil etişini ta’kidladi. «Biz ma’lumotlar markazlari birinçi örinda turadigan kompaniyamiz», dedi u. 3DNews naşri TechSpot’ga tayanib xabar berişiça, Su bu yönalişdagi körsatkiçlarni kelasi yili ikki baravar, hatto undan ham köproq oşiriş rejalaştirilayotganini aytgan.

Kompaniyaning 2026-yil uçinçi çoragidagi tuşumi rekord darajadagi 13,4 mlrd dollarga yetib, bir yil avvalgiga nisbatan 97 foizga oşdi. Öşişni asosan Instinct tezlatkiçlari va Epyc server protsessorlari ta’minladi. Ma’lumotlar markazlari uluşi çorak tuşumining qariyb 63 foizini taşkil etdi. Lisa Su prognoziga köra, törtinçi çorakda bu yönaliş tuşumi uçinçi çorakka nisbatan taxminan 50 foizga öşadi.

Lisa Su AMD taqdimotida sahnada

Öyin yönalişi esa aksinça pasaymoqda: uning tuşumi 773 mln dollarni taşkil etib, yillik hisobda 40 foizga qisqardi. Bu borada AMD Nvidia izidan bormoqda. Nvidia’ning 2027-moliyaviy yil ikkinçi çoragi hisobotida ma’lumotlar markazlari 89,02 mlrd dollar, ya’ni tuşumning 92,5 foizini keltirgan. Öyin segmenti esa endi alohida körsatilmaydi va 7,5 mlrd dollar (7,5 foiz) tuşum bergan «periferiya hisoblaşlari» toifasiga kiritilgan.

Lisa Su bozor sun’iy intellektga kiritilayotgan sarmoyalarni baholaşda ba’zan «biroz uzoqni körmaslik» qilişini qayd etdi va bir neça yildan keyin paydo böladigan talab uçun hozirdanoq sarmoya kiritiş zarurligini aytdi. Uning söziga köra, AMD taxminan uç-beş yil oldinni rejalaştiradi.

3DNews ta’kidlaşiça, sun’iy intellekt infratuzilmasi mavjud xotira va boşqa komponentlarning katta qismini egallab olmoqda, bu esa videokartalar narxi oşişiga olib kelmoqda. Şu bilan birga, mutaxassislar orasida sun’iy intellektga sarflanayotgan xarajatlarga nisbatan şubha ham kuçaymoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar