Gretsiya parlamenti kriptovalyutalar uçun yangi soliq tizimini ma’qulladi. CoinDesk naşri xabar berişiça, unga köra jismoniy şaxslarning kriptoaktivlardan olgan foydasiga 10 foiz soliq solinadi, steyking va markazlaşmagan moliya (DeFi) xizmatlaridan keladigan daromadga esa alohida 15 foizlik soliq belgilanadi. Qoidalar 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiradi va kripto-investitsiyalarni mamlakat soliq tizimiga kiritişni maqsad qilgan.

10 foizlik soliq jismoniy şaxsning bir yillik sof kripto foydasi 500 yevrodan (taxminan 559 dollar) oşgan holatlarda qöllanadi. Bu çegaradan oşilsa, faqat ortiqça qism emas, butun foyda soliqqa tortiladi. Soliq nafaqat kriptovalyuta naqd pulga sotilganda, balki u bilan tovar yoki xizmat uçun tölov qilinganda ham undiriladi.
Moliya vazirligi ma’lumotiga köra, steyking, kripto-kreditlaş va DeFi platformalariga likvidlik taqdim etişdan olingan daromad foiz daromadi sifatida qaraladi va unga 15 foiz soliq solinadi. Yillik kripto zararlari 500 yevrodan oşsa, ularni kelajakdagi kripto foydasidan çegiriş uçun beş yil davomida keyingi davrlarga ötkaziş mumkin.
Bundan taşqari, investorlar 12 oy davomida ötgan yillardagi kripto foydalarini keçiktirilgan deklaratsiya uçun jarima va foizlarsiz e’lon qilişlari mumkin, ammo buning uçun ma’lum şartlar bajarilişi kerak. Soliq esa deklaratsiya topşirilganidan söng 60 kun içida tölanadi.
Bir kriptovalyutani boşqasiga almaştiriş masalasi hali töliq hal bölmagan. Moliya vazirligi bunday operatsiyalar soliqqa sabab bölmasligini aytmoqda, biroq parlamentning Ilmiy xizmati qonun loyihasidagi ifodalar kripto-kripto almaşuvlarini ham qamrab olişi mumkinligidan ogohlantirgan.