Flipper Devices kompaniyasi Flipper One qurilmasiga oldindan buyurtma qabul qilişni boşladi. iXBT.com naşri ithome’ga tayanib xabar berişiça, xaridorlar avval 20 dollarlik vauçer sotib olib, qurilmani band qiladi. Vauçer egalari keyinroq ötkaziladigan Kickstarter kampaniyasida Flipper One’ni 379 dollarga birinçi navbatda xarid qilişi mumkin.
Qurilma asosan tarmoq vazifalari uçun möljallangan: u router yoki VPN sifatida işlay oladi, odatiy Linux dasturlarini ham işga tuşiradi. Unga 5G modem, SDR yoki SSD kabi modullarni ulaş mumkin. Bundan taşqari, Flipper One’dan portativ kompyuter, ya’ni «kiberdek» sifatida foydalaniş mumkin.

Flipper One Rockchip RK3576 çipida işlaydi, unda Mali-G52 grafik protsessori va neyroprotsessor (NPU) bor. Operativ xotira hajmi 8 GB. Qurilma Linux asosidagi Flipper OS tizimida işlaydi, unga qöşimça ravişda Raspberry Pi RP2350 mikrokontrolleri ham örnatilgan. Simsiz aloqa uçun Wi-Fi 6E bor, 5G esa modem moduli orqali qöllab-quvvatlanadi. Ikkita gigabitli Ethernet porti va tezligi 5 Gbit/s gaça bölgan qöşimça USB Ethernet adapteri ham mavjud.
Şuningdek, qurilmada navigatsiya paneli va dasturlaştiriladigan tugmalarga ega ekran, HDMI, PCIe va USB orqali kengaytiriş uçun M.2 slot hamda GPIO kontaktlari bor. 24 Vt·soat siğimli batareya boşqa qurilmalarni ham quvvatlay oladi, ya’ni zaxira quvvat manbayi vazifasini bajaradi. Işlab çiqaruvçining ta’kidlaşiça, Flipper One unumdorlik böyiça Raspberry Pi 5 dan ustun, hisoblaş quvvati esa yirik sun’iy intellekt modellarini bevosita qurilmaning özida işga tuşiriş uçun yetarli.

Kompaniya asosçisi Pavel Jovnerning aytişiça, hozirça loyihaning daromadliligi nolga yaqin. U buni xotira narxlarining keskin oşgani va komponentlar narxi böyiça noaniqlik bilan izohladi. Şu sababli jamoa işlab çiqariş va xaridlarni rejalaştiriş uçun talabni oldindan baholamoqda.