Amerikalik çip işlab çiqaruvçi Qualcomm 4-noyabr kuni 30-sentabrda yakunlangan moliyaviy törtinçi çorak hisobotini e’lon qildi. CNBC naşri xabar berişiça, kompaniyaning tuzatilgan aksiya başiga foydasi 2,17 dollarni taşkil etdi, LSEG ma’lumotlariga köra tahlilçilar 2,16 dollar kutgan edi. Tuzatilgan daromad 10,44 mlrd dollarga yetdi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 7 foiz kam.

Investorlarni asosan joriy çorak uçun prognoz xavotirga soldi. Qualcomm aksiya başiga 2,15–2,35 dollar foyda kutmoqda, bozor esa ortaça 2,27 dollar kutgan edi. Daromad böyiça prognoz 10,4–11,2 mlrd dollar etib belgilandi, tahlilçilar 10,48 mlrd dollar kutgan. Natijada kompaniya aksiyalari savdodan keyingi bosqiçda qariyb 7 foizga arzonladi.

Qualcomm’ning San-Diyegodagi bosh ofisi

Smartfonlar uçun protsessor va modemlar sotuvidan tuşgan daromad 5,14 mlrd dollarni taşkil etib, bir yil avvalgiga nisbatan 26 foizga kamaydi va StreetAccount baholagan 5,21 mlrd dollardan biroz past böldi. Xotira narxlarining oşişi telefon işlab çiqaruvçilarni qurilmalarni qimmatlaştirişga majbur qilmoqda, bu esa smartfon çiplariga talabni pasaytirmoqda. Qualcomm sentabrda öz mahsulotlari narxini oşirgan edi. Kompaniya ma’lumotiga köra, Xitoyda Android smartfonlar jönatilişi eng past nuqtaga yetgan, biroq 2027-yilda umumiy smartfon bozori ösmasligi kutilmoqda.

Boşqa yönalişlar yaxşiroq natija körsatdi. Avtomobil segmenti daromadi 89 foizga ösib, 1,99 mlrd dollarga yetdi va 1,66 mlrd dollarlik kutilmani ortda qoldirdi. Narsalar interneti (IoT) segmenti 4 foiz ösib, 1,88 mlrd dollar keltirdi. Litsenziyalaş bölimi QTL daromadi esa 7 foiz kamayib, 1,3 mlrd dollarni taşkil etdi. Çorak davomida Qualcomm Apple, Huawei va Transsion bilan litsenziya kelişuvlarini uzaytirdi.

Ma’lumotlar markazlari yönalişi çorakda 650 mln dollar daromad keltirdi. Kompaniya 2027-moliya yilida bu segmentdan 5 mlrd dollar daromad olişni kutmoqda. Qualcomm rahbari Kristiano Amon fikriça, bu yönalişdagi asosiy muammo talabda emas, balki ta’minotda. «Agar menda köproq ta’minot bölganida, ehtimol natijalarimiz yaxşiroq bölardi», dedi u.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar