WhatsApp tadbirlar funksiyasini kengaytirdi: endi tadbir taşkilotçisi messenjerdan foydalanmaydigan odamlarni ham taklif qila oladi. The Verge naşriga tayangan iXBT.com xabar berişiça, taşkilotçi tadbir yaratib, mehmonlarga maxsus havola yuboradi. Taklif olgan odam tadbir tafsilotlarini WhatsApp ilovasini örnatmasdan ham körişi mumkin.

Tadbirlarni boşqariş uçun «Tadbirlar» (Events Home) nomli yangi bölim paydo böldi. Unda taşkilotçi taklifnomalar yaratadi, mehmonlarning javoblarini kuzatib boradi va ularga eslatmalar yuboradi. Bundan taşqari, taşkilotçi taklif qilinganlarga özi bilan yana bir hamrohni olib keliş imkonini berişi mumkin.

Smartfon ekranidagi WhatsApp ilovasi

Yaqinlaşayotgan va ötib ketgan barça tadbirlar messenjer sozlamalaridagi Events bölimida jamlanadi. Bu yerda foydalanuvçi özi yaratgan tadbirlarni ham, özi taklif qilingan tadbirlarni ham topa oladi.

Kompaniya maxfiylik masalasiga ham e’tibor qaratgan. Taşkilotçini tanimaydigan odamlar uning telefon raqamini köra olmaydi. WhatsApp hisobiga ega bölmagan mehmonlar esa tadbir manzilini faqat iştirok etişini tasdiqlagandan keyingina köradi.

Yangi imkoniyatlar yaqin haftalar davomida butun dunyodagi foydalanuvçilarga bosqiçma-bosqiç tarqatiladi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar