Xitoyning 3C majburiy sertifikatlaş bazasida M261DB model raqamli yangi Xiaomi smartfoni röyxatga olindi. Ma’lumotlar 6-noyabr kuni paydo bölgan bölib, ularga köra qurilma 100 Vt quvvatli tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda iXBT.com naşri ITHome va Gizmochina’ga tayanib xabar berdi.

Experience More laqabli insayderning ma’lum qilişiça, bu Xiaomi keyingi oy taqdim etişni rejalaştirayotgan standart Xiaomi 18 modelidir.

Xiaomi 18 Pro smartfoni qölda

Xiaomi Group prezidenti Lu Weibing ham bazaviy model mavjudligini bilvosita tasdiqlagan edi. 23-sentabrdagi Xiaomi 18 Pro taqdimotidan oldin Weibo’da berilgan savolga u oddiy versiya ham çiqadi, ammo keyinroq, deb javob bergan. Digital Chat Station insayderi esa avgust oyida Xiaomi avval Pro modellarini, standart versiyani esa dekabrda çiqarişini yozgan edi. Yangi 3C sertifikati aynan şu jadvalga mos keladi.

Dastlabki miş-mişlarga köra, Xiaomi 18 Snapdragon 8 Elite Gen 6 protsessori, 200 Mp asosiy kamera va 7200 mAh siğimli batareya bilan jihozlanişi kutilmoqda. Taqqoslaş uçun, Xiaomi 18 Pro’da 7000 mAh batareya örnatilgan.

Avvalroq Xiaomi 18 Pro va Xiaomi 18 Pro Max smartfonlarining global taqdimoti 17-noyabrda bölib ötişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar