Apple özining birinçi uy robotini 2027-yilda namoyiş etişni rejalaştirmoqda. The Information naşri xabar berişiça, J595 kod nomi ostida işlab çiqilayotgan harakatlanuvçi qurilmaning narxi 1000 dollardan oşişi mumkin. Biroq işlab çiqişdagi keçikişlar sabab taqdimot 2028-yilga surilişi ehtimoli ham bor.
Robot kompaniyaning yangi statsionar aqlli paneli HomeView’ga öxşatib HomeView Ultra deb nomlanişi mumkin. Rejalarga köra, qurilma uy böylab mustaqil harakatlana oladi, FaceTime orqali video qönğiroqlar qiladi va inson xonaga kirganda çiroqlarni yoqadi.

Naşr ma’lumotiga köra, muhandislar robotga yangi imkoniyatlar qöşişga harakat qilmoqda, çunki hozirgi funksiyalar yuqori narxni oqlamasligi mumkin. Loyiha 2018-yilda boşlangan: öşanda ilk prototiplarni kompaniyaning sobiq rahbari Tim Kuk ma’qullagan. Endi uni Apple’ning yangi rahbari Jon Ternus qöllab-quvvatlamoqda.
The Information yozişiça, robotning texnik qismi ustida 10 ga yaqin, dasturiy ta’minoti ustida esa 300 ga yaqin mutaxassis işlamoqda. Dastlabki jamoadagi muhandislarning köpçiligi kompaniyani tark etgan.
Bundan taşqari, Apple uy yumuşlarini, jumladan kiyimlarni taxlaşni bajaradigan alohida robot loyihasi ustida ham işlamoqda. Bunday qurilmaga robot manipulyatorlari kerak bölişi ehtimoli bor, ammo kompaniya universal gumanoid robot yaratiş rejalarini oşkor qilmagan.