Nintendo 30-sentabrda yakunlangan uç oy davomida 2,67 mln dona Switch 2 konsolini sotdi. CNBC xabar berişiça, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 41 foiz kam va oldingi çorakdagi 3,82 mln donalik natijadan ham past.

Televizor oldidagi Nintendo Switch 2 konsoli

Çorak davomida kompaniya Switch 2 narxini AQŞ, Kanada va Yaponiyada oşirdi. Yaponiyada konsol narxi yil boşida ham bir marta kötarilgan edi. Qurilmaning asosiy komponentlaridan biri bölgan xotira çiplari taqçil: talab juda yuqoriligi sabab ularning narxi misli körilmagan darajada oşmoqda.

Moliyaviy natijalar ham kutilganidan past çiqdi. LSEG ma’lumotlariga köra, tahlilçilar örtaça 481,37 mlrd iyena daromad va 82,16 mlrd iyena sof foyda kutgan edi. Amalda Nintendo daromadi 448,2 mlrd iyena (2,8 mlrd dollar), sof foydasi esa 73,5 mlrd iyenani taşkil etdi. Şunga qaramay, kompaniya 2027-yil martida tugaydigan moliya yili uçun 16,5 mln dona Switch 2 sotiş prognozini özgartirmadi.

Sönggi paytda Nintendo’ning «Tomodachi Life: Living the Dream» va kutilmaganda virusli hitga aylangan «Pokémon Pokopia» öyinlari yaxşi natija körsatdi. Biroq bu yil hali yirik blokbaster çiqmagan. Payşanba kuni sotuvga çiqqan The Legend of Zelda: Ocarina of Time remeyki sotuvlarni jonlantirişi mumkin, yangi Pokémon öyinlari esa 2027-yilga rejalaştirilgan.

The Legend of Zelda: Ocarina of Time remeykidan lavha

Kantan Games boş direktori Serkan Toto CNBC’ga bergan izohida Ocarina of Time remeyki bu moliya yilida Nintendo’ning yagona haqiqiy blokbasteri ekanini aytdi. Uning fikriça, konsol hozirgidek qimmatlaşgan bir paytda bu investorlarni rozi qiliş uçun yetarli emas. Tahlilçi apparat sotiş tobora qiyinlaşayotganini va Switch 2 sur’atini saqlab qoliş uçun Nintendo keyingi moliya yilida köproq yirik öyinlar çiqarişi kerakligini ta’kidladi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar