OpenAI rahbari Sam Altman kompyuterlardagi operativ xotira (RAM) haqidagi bayonotlari tanqidga uçraganidan keyin ularga izoh berdi. 2026-yil 4-noyabr kuni u ijtimoiy tarmoq X’dagi sahifasida avvalgi gaplari kontekstdan uzib olinganini aytdi va hazil tariqasida profilidagi ismini «RAM Altman» deb özgartirdi. Bu haqda The Verge va Gizmodo naşrlari xabar berdi.
Bahs Stripe asosçilaridan biri John Collison’ning Cheeky Pint podkastida boşlangan. Ötgan hafta efirga uzatilgan suhbatda Altman dunyodagi DRAM xotiraning katta qismi oddiy foydalanuvçilarning kompyuterlarida turişini samarasiz deb atagan. Gizmodo’ning yozişiça, u buni «ança yomon» holat deb baholagan va xotiradan bulutda maksimal darajada foydalaniş afzalroq ekanini aytgan. Uning fikriça, bu xotira sun’iy intellekt uçun ma’lumotlar markazlarida köproq foyda keltirgan bölardi.

Bu gaplar keskin tanqidga sabab böldi, çunki hozir dunyoda xotira taqçilligi kuzatilmoqda: sun’iy intellekt serverlarini işlab çiqaruvçilar xotira çiplarini ommaviy ravişda sotib olmoqda. Gizmodo ma’lumotiga köra, 32 GB hajmli DDR5 xotira narxi kamida 450 dollarni taşkil etmoqda, dunyo böyiça DRAM işlab çiqarişining taxminan 40 foizi esa Samsung va SK Hynix bilan tuzilgan kelişuvlar orqali band qilingan. Intel taqçillik kamida keyingi yilgaça davom etişini kutmoqda, SK Hynix esa u 2030-yilgaça çözilmasligi mumkinligini istisno etmayapti.
Endi Altman öz pozitsiyasini boşqaça tuşuntirdi. «Men haqiqatan ham dunyoda juda köp xotira bölişini va odamlar öz kompyuterlariga xohlagançalik xotira örnatişini istayman», — deb yozdi u. Uning söziga köra, u uzoq vaqtdan beri dunyoni xotira işlab çiqarişini köpaytirişga çaqirib kelmoqda. Altman oddiy foydalanuvçilar uçun xotira hajmini çeklaşni emas, balki uni işlab çiqarişni oşirişni yoqlaşini ta’kidladi.
Ismni özgartiriş ğoyasi ham foydalanuvçilardan çiqqan: X’da kimdir undan sahifa nomini «Ram Altman» qiliş mumkinmi, deb söraganida, OpenAI rahbari rozilik bildirib, buni amalga oşirgan.