NASA’ning Marsni örganişga möljallangan ikkita ESCAPADE (Escape and Plasma Acceleration and Dynamics Explorers) zondi Qizil sayyora tomon asosiy parvozga tayyorlanmoqda. iXBT.com naşri xabar berişiça, apparatlar yaqin kunlarda Yer yonidan uçib ötib, Marsga yöl oladi.
Zondlar 2025-yil noyabr oyida uçirilgan. Şundan söng ular qariyb bir yil davomida L2 Lagranj nuqtasi yaqinida Yer va Mars qulay joylaşuvga kelişini kutdi. Bunday yondaşuv yoqilğini tejaydigan traektoriyadan foydalaniş imkonini beradi.

Keyingi bosqiçda zondlar Yer atrofida gravitatsion manyovr bajaradi. Birinçi apparat 7-noyabr, ikkinçisi esa 9-noyabr kuni Yerga yaqinlaşadi. Har bir yaqinlaşuv paytida zondlar dvigatellarini 9 daqiqa davomida işlatadi va ularning tezligi sekundiga 10,1 km dan 10,8 km gaça oşadi.
Manyovrlardan söng apparatlar töğridan töğri Marsga yöl oladi. Barça bosqiçlar muvaffaqiyatli keçsa, ESCAPADE zondlari Marsga mos ravişda 2027-yil 7 va 9-sentabr kunlari yetib borişi kutilmoqda.

Missiya Quyoş şamoli Marsning magnit maydoni va atmosferasi bilan qanday özaro ta’sirlaşişini örganadi. Olimlar Mars öz atmosferasini qanday yöqotayotgani va sayyora muhitini hozir ham nima özgartirayotganini tuşunişga umid qilmoqda.