Valve kompaniyasining yangi Steam Frame virtual reallik garniturasi Steam platformasidagi eng ommabop VR qurilmalari orasida beşinçi örinni egalladi. Bu haqda Road to VR naşri Valve’ning oktyabr oyi uçun Steam uskuna va dasturlar sörovi natijalariga tayanib xabar berdi. Steam Frame uşbu sörovda ilk bor qayd etildi va platformadagi barça garnituralarning 5,49 foizini taşkil etdi.

Naşrning ta’kidlaşiça, garnitura sotuvga çiqqaniga bir oydan sal ortiq vaqt bölgan, unga buyurtmalar navbati hamon katta, yetkaziş muddatlari esa 2027-yilgaça çözilgan. Steam Frame uçun maxsus moslaştirilgan öyinlar soni ham hozirça kam. Şunga qaramay, Road to VR muallifi Skott Xeyden garnituraning darhol beşinçi örinni egallaşini kutilmaganda munosib natija deb baholadi.
Valve 2020-yil martidan boşlab sörov uslubini özgartirgan: endi unda sörov ötkazilgan paytda ulangan qurilmalar emas, oldingi oy davomida SteamVR’ga ulangan garnituralar hisobga olinadi. Sörov har oy ötkaziladi, unda qatnaşiş ixtiyoriy, foydalanuvçilar esa tasodifiy tanlanadi. Oktyabr natijalariga köra, Meta Quest 2 garniturasining uluşi sentabrdagi sörovga nisbatan 3,57 foizga kamaydi.

Taqqoslaş uçun, Valve’ning oldingi garniturasi Valve Index sörovdagi ilk oyida ulangan garnituralarning 1,46 foizini taşkil etgan edi. Index 2019-yil oxirida töliq töplam (garnitura, ikki kontroller va ikki SteamVR bazaviy stansiyasi) uçun 999 dollar narx bilan sotuvga çiqqan, bu bugungi pulda taxminan 1300 dollarga teng. Index sörovda Quest 2 dan keyingi ikkinçi örinni faqat 2021-yil sentabrida, ya’ni çiqqanidan qariyb ikki yil ötib egallagan. Naşr xulosasiga köra, Steam Frame juda erta bosqiçdayoq Index’dan ommaboproq ekanini körsatdi.