Xiaomi HyperOS 4 qobiğining global versiyasi qaysi qurilmalarga va qaçon yetib borişini ma’lum qildi. Kompaniyaning rasmiy sahifasida e’lon qilingan jadvalga köra, yangilaniş uç bosqiçda tarqatiladi: birinçisi 2026-yil noyabr boşida, ikkinçisi noyabr örtalarida, uçinçisi esa dekabrda boşlanadi. Bu haqda GSMArena naşri xabar berdi.

Birinçi bosqiçda 31 ta smartfon va 2 ta planşet yangilanadi. Ular orasida Xiaomi 17 Ultra, Leica Leitzphone powered by Xiaomi, Xiaomi 17, 17T Pro, 17T, 15 Ultra va 15, Poco F8 Ultra, F8 Pro, X8 Pro Max va X8 seriyasi, şuningdek Redmi Note 17 va Note 15 oilalari bor. Planşetlardan Xiaomi Pad 8 Pro va Xiaomi Pad 8 birinçilar qatorida.
Noyabr örtalaridan boşlanadigan ikkinçi bosqiçga 9 ta smartfon va 7 ta planşet kiritilgan: Xiaomi 15T Pro, 15T, Poco F9 Ultra, F9 Pro, F7 Ultra, F7 Pro, F7, X7 Pro, şuningdek Xiaomi Pad 7 Pro, Pad 7, Pad Mini va Redmi Pad 2 Pro. GSMArena yangi Poco F9 Pro va F9 Ultra ularning ötmişdoşlari — F8 Pro va F8 Ultra’dan keyin yangilanişini ğalati holat deb atadi.

Dekabrdan boşlanadigan uçinçi bosqiçda 27 ta smartfon va 6 ta planşet bor. Bu röyxatga Xiaomi MIX Flip, Xiaomi 14 Ultra, 14, 13 Ultra, 13 Pro va 13, 14T va 13T seriyalari, Redmi Note 14 oilasi, Poco F6 Pro, F6 va boşqa modellar kirgan. Şunday qilib, yangilaniş 2022-yilda çiqqan Xiaomi 13 seriyasigaça yetib boradi, örta va boşlanğiç darajadagi modellar uçun esa çegara yangiroq.
HyperOS 4 iPhone bilan integratsiyani çuqurlaştiradi: endi iPhone foydalanuvçilari bilan rasm, fayl, kontakt va veb-sahifalarni ulaşiş osonlaşadi. Şuningdek, qobiqda vizual özgarişlar va tezlik böyiça yaxşilanişlar bor. Hozircha HyperOS 4 bilan faqat Xiaomi 18 seriyasidagi uç smartfon sotilmoqda.