Samsung’ning kelgusi flagmani Galaxy S27+ ikkita yangi xavfsizlik sertifikatida paydo böldi. GSMArena naşri xabar berişiça, hujjatlarda smartfonning quvvatlantiriş parametrlari 15 V/3 A deb körsatilgan, bu esa 45 Vt ga teng.

Sertifikatlar smartfonning bir neçta versiyasini qamrab oladi: global SM-S956B, Janubiy Koreya uçun SM-S956N, AQŞ uçun SM-S956U, Xitoy uçun SM-S9560 hamda Yaponiyadagi Docomo operatori uçun SC-52H. Şu sababli Galaxy S27+ barça bozorlarda bir xil tezlikda zaryadlanişi ehtimoli yuqori.

Galaxy S27+ sertifikati

Galaxy S27+ ilk bor sentabr oyida Xitoyning 3C ma’lumotlar bazasida 45 Vt quvvatlantiriş bilan qayd etilgan edi. Bu körsatkiç Galaxy S26+ dagi bilan bir xil: Samsung’ning Plus modellari Galaxy S22+ dan boşlab ketma-ket oltinçi avlod davomida aynan 45 Vt zaryadlaşni saqlab kelmoqda.

Galaxy S27+ uçun ikkinçi sertifikat

Oddiy Galaxy S27 da ham quvvatlantiriş tezligi oşmaydi. Ötgan haftadagi sertifikat ma’lumotlariga köra, u Galaxy S26 kabi 25 Vt zaryadlaşni qöllab-quvvatlaydi.

Miş-mişlarga köra, Galaxy S27 seriyasi yana yanvar–fevral oylarida taqdim etiladi, şuning uçun smartfonlarning xususiyatlari tez orada rasman tasdiqlanişi mumkin.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar