OpenAI kompaniyasining yangi investitsiya raundi kutilganidek keçmayapti. TechCrunch naşri bir neçta OAV xabarlariga tayanib yozişiça, kompaniya jalb qilmoqçi bölgan mablağ hajmini qisqartirişga majbur böldi.

Financial Times gazetasining juma kuni e’lon qilingan ma’lumotlariga köra, OpenAI raund maqsadini 20 mlrd dollargaça tuşirgan, birinçi bosqiçda yopiladigan summa esa bundan ham kamroq bölişi kutilmoqda. Naşrning yozişiça, raundga Birlaşgan Arab Amirliklaridan bölgan investorlar boşçilik qiladi.

Smartfon ekranidagi OpenAI logotipi

The Wall Street Journal esa OpenAI hozirgaça 11 mlrd dollar jalb qilganini, ayrim yirik investorlar raundga sust qiziqiş bildirganini xabar qildi. Ilgari kompaniya rejalaştirilgan IPO’dan oldin 1,4 trln dollar baholaniş bilan 30 mlrd dollar yiğmoqçi ekani, keyinroq esa baholaş 1,25 trln dollargaça pasaytirilgani aytilgan edi.

Xabarlarga köra, keyinçalik badavlat şaxslar uçun ötkaziladigan çakana taklif umumiy summani 20 mlrd dollarlik maqsadga yetkazişi mumkin.

TechCrunch fikriça, qiyinçiliklar qisman investorlarning sun’iy intellekt infratuzilmasiga ketayotgan ulkan xarajatlardan ehtiyot bölayotgani va texnologiya kompaniyalari aksiyalarining keskin arzonlaşi bilan bağliq. Naşr, şuningdek, Anthropic’ning rejalaştirilgan IPO’si ham qiyinçiliklarga duç kelişi mumkinligini qayd etdi. TechCrunch izoh sörab OpenAI’ga murojaat qilgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar