Daniyaning yirik konteyner taşuvçi va logistika kompaniyasi Maersk xakerlar u ilgari sotib olgan kompaniyalardan birining tizimlariga kirib, ma’lumotlarni öğirlaganini tasdiqladi. Bu haqda BleepingComputer naşri xabar berdi. Hujumni bundan oldin, dam oliş kunlari WhiteArmor nomli tölov talab qiluvçi (ransomware) guruh öz zimmasiga olgan edi. Tergov hali davom etmoqda.
Maersk bayonotiga köra, hozirgi dalillar maxfiy ma’lumotlar oşkor bölmaganini körsatmoqda. Kompaniya işida uzilişlar kutilmayapti, mijozlar odatdagidek yuk buyurtma qilişi va jönatmalarni boşqarişi mumkin. «Hodisa bitta mahalliy tizim bilan çegaralangan», deyiladi bayonotda. Maersk’ning boşqa tizimlariga, şuningdek API va EDI orqali ulangan mijoz va hamkorlar tizimlariga ta’sir aniqlanmagan. Biroq kompaniya qaysi tizim zarar körgani, qanday ma’lumotlar öğirlangani va hujum qaçon sodir bölganini aytmadi.

WhiteArmor esa Maersk’ni öz sayti röyxatiga kiritib, 30 kun içida bitkoinda 5 mln dollar tölaşni talab qildi. Xakerlar OCF/LF Logistics platformasidan taxminan 100 GB ma’lumot olganini da’vo qilmoqda. Ularning aytişiça, bu ma’lumotlar orasida qariyb 30 ming haydovçi haqidagi yozuvlar, oçiq holda saqlangan parollar, 33 ta SUPER_ADMIN akkaunti, imzolangan yetkazib beriş hujjatlari, xarid buyurtmalari, şuningdek telefon raqamlari, elektron poçta manzillari va IMEI raqamlari bölgan 27 842 ta mobil qurilma jurnali bor. Bu da’volar hali tasdiqlanmagan.
Maersk OCF/LF Logistics platformasini işlab çiqqan LF Logistics kompaniyasini 2022-yilda Li & Fung Group’dan sotib olgan. Maersk mijozlarni kutilmagan xabarlarni odatdagi Maersk aloqa xodimi orqali tekşirib körişga çaqirdi va yangi ma’lumotlar paydo bölişi bilan ularni xabardor qilişini aytdi.
Maersk taxminan 700 ta konteyner kemasiga ega, bu dunyo floti siğimining qariyb 13,5 foizini taşkil qiladi. Kompaniya 35 davlatda 60 ta terminalga va 100 ming xodimga ega. Ötgan yili uning daromadi 54 mlrd dollar, sof foydasi esa 2,9 mlrd dollar böldi. 2017-yilda NotPetya virusi hujumidan keyin Maersk 4000 dan ortiq server va 45 ming işçi kompyuterni qayta tiklaşga majbur bölgan, kompaniya ön kun IT tizimlarisiz işlagan, zarar esa 300 mln dollargaça yetgan edi.