Xitoyning Alibaba kompaniyasi 10-noyabr kuni kegin Gonkong fond birjasi unga yarimötkazgiçlar böyiça şöba kompaniyasi T-Head’ni ajratib çiqarişni davom ettirişga ruxsat berganini ma’lum qildi. CNBC naşri xabar berişiça, Alibaba T-Head aksiyalarini Gonkongda ommaviy joylaştirişni rejalaştirmoqda.
Biroq bu jarayon hali yakunlanmagan. Listing uçun birjaning listing qömitasi ruxsati hamda Xitoy Qimmatli qoğozlar böyiça nazorat komissiyasida röyxatdan ötiş talab etiladi. Alibaba ajratib çiqariş amalga oşişiga va uning muddatiga kafolat yöqligini ta’kidladi. Hujjatda joylaşuv sanasi ham, hajmi ham körsatilmagan. Kompaniya T-Head 11-sentabrdayoq Gonkongda listing uçun maxfiy ariza topşirganini ham oşkor qildi.

The Standard naşri International Financing Review’ga tayanib, kompaniya joylaşuvdan 2–3 mlrd dollar jalb qilişi mumkinligini yozdi. T-Head 2018-yilda Alibaba’ning çip loyihalaş böyiça şöba kompaniyasi sifatida taşkil etilgan va listingdan keyin ham guruh tarkibida qolişi kutilmoqda. Alibaba fikriça, alohida listing investorlarga T-Head qiymatini mustaqil baholaş imkonini beradi.
Sentabr oyida T-Head yangi avlod Zhenwu V900 sun’iy intellekt çipini taqdim etgan edi. Kompaniya ma’lumotiga köra, u may oyida çiqqan Zhenwu M890 dan uç baravar unumdorroq. Yangi çipning ommaviy işlab çiqarilişi 2027-yilning birinçi çoragida boşlanişi kutilmoqda. AQŞ çeklovlari Xitoyning ilğor çiplarga kiriş imkonini toraytirayotgan bir paytda Alibaba ham, Huawei ham öz çiplarini yaratmoqda.

Xabardan söng çorşanba kuni ertalab Alibaba’ning Gonkongdagi aksiyalari 1 foizga arzonlaşdi. Yil boşidan buyon ular qariyb 29 foiz qadrsizlangan. CNBC eslatişiça, xabarlarga köra Baidu öz Kunlunxin çip böyiça bölinmasining Gonkongdagi listingini keçiktirgan, xotira çiplari işlab çiqaruvçi YMTC esa IPO rejasini töxtatib turgan. Xitoy moliya regulyatorlari texnologiya kompaniyalarining IPOlarini nazorat qilişni kuçaytirgan.