Fransiyaning Crédit Mutuel Arkéa kooperativ banki yirik kiberhujum qurboni böldi: hujumçi xizmat körsatuvçi kompaniyalardan birining platformasi orqali bank tarmoğiga kirib, firibgarlik operatsiyalarini amalga oşirgan. Bu haqda BleepingComputer naşri xabar berdi. Bankning 5,8 mln dan ortiq a’zosi va 211,5 mlrd yevro aktivi bor.

Hodisa haqidagi ilk xabarlar 2-noyabrda paydo bölgan. Blokçeyndagi firibgarliklarni tekşiruvçi ZachXBT bir kun avval bir neçta markazlaşgan birjadagi hisoblardan katta miqdorda ruxsatsiz mablağ yeçib olinganidan ogohlantirgan. Uning bahosiça, hujumçi 118 mln yevrogaça (133 mln dollar) mablağni USDC va USDT stablkoinlarida olib çiqqan bölişi mumkin. Tadqiqotçining aytişiça, hodisa oşkor qilinmagani sabab hujumçi 3-noyabrgaça 30 mln dollarni legallaştirişga ulgurgan, aks holda bu pulni Yevropa Ittifoqi huquq-tartibot idoralari muzlatgan bölar edi.

ZachXBT tuzgan öğirlangan mablağlar harakati sxemasi

Bank hujumni 4-noyabrda e’lon qilib, hodisa yopilgani va nazorat ostida ekanini, işlar asta-sekin izga tuşayotganini ma’lum qildi. Bankka köra, hujumçi mijozlar hisoblaridan emas, Arkéa’ning öz hisobidan foydalanib, boşqa bank muassasalari bilan operatsiyalar bajargan va mablağni kriptovalyutaga aylantirgan. Mijozlar aktivlariga zarar yetmagan, faqat ayrim ötkazmalar keçikkan. Bank kiriş Fortuneo orqali bölganini rad etdi.

Crédit Mutuel Arkéa ZachXBT keltirgan raqamni tasdiqlamadi va faqat uning miqyosi töğri ekanini aytdi. Mablağning bir qismi bloklangan, yakuniy zarar esa hali ma’lum emas. Reuters agentligi xabariga köra, 5-noyabrda bank qariyb 100 mln yevro (112,61 mln dollar) öğirlanganini ma’lum qilgan va pulni qaytarişga harakat qilayotganini aytgan.

Crédit Mutuel Arkéa bankining binodagi logotipi

Bank bu hodisada xodimlarining xatosi yöqligini aytib, uni murakkab hujum deb atadi. Reuters ma’lumotiga köra, Parij prokuraturasining kiberjinoyatlar bölimi tergov boşlagan, Yevropa Markaziy banki va Fransiya bank nazoratçilari ham xabardor qilingan. Arkéa mijozlarni fişing xavfi oşgani haqida ogohlantirib, maxfiy ma’lumotlarni telefon yoki elektron poçta orqali bermaslikni, şubhali xabarlarni esa öz maslahatçisiga qönğiroq qilib tekşirişni söradi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar