Xitoyning Leapmotor kompaniyasi yangilangan Lafa 5 kompakt elektr xetçbekini 27-noyabrda oçiladigan Guangzhou avtosalonida taqdim etadi. Autohome naşri xabar berişiça, bu haqda unga Leapmotor’ning özi ma’lum qilgan. Yangilaniş model yili doirasida bölib, standart va Ultra versiyalar hozirgi dizaynini saqlab qoladi.
Autohome ma’lumotlariga köra, yangilangan Lafa 5 800 V yuqori kuçlanişli platforma, kengaytirilgan reallik texnologiyasiga ega proyeksion displey (AR-HUD), 17,3 dyuymli markaziy sensorli ekran, «nol gravitatsiya» örindiqlari va 14 dinamikli audiotizim oladi. CLTC sikli böyiça yuriş masofasi 630, 640 va 660 km bölişi kutilmoqda.

Hozirgi Lafa 5 Xitoyda yetti xil komplektatsiyada sotilmoqda, narxi 97 800 yuandan (taxminan 14 560 dollar) 129 800 yuangaça. Avgust oyida Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi (MIIT) hujjatlarida paydo bölgan uç versiyadan ikkitasi 185 kVt (248 ot kuçi), bittasi esa 180 kVt quvvatli elektr motorga ega bölib, bu kuç agregati yangilanişidan dalolat beradi. Barça versiyalarda litiy-temir-fosfat (LFP) batareyalar işlatiladi, LiDAR esa qöşimça opsiya sifatida taklif etiladi.
Lafa 5 Xitoyda 2025-yil 27-noyabrda sotuvga çiqqan. Bu uzunligi 4430 mm bölgan orqa ğildirak yuritmali kompakt xetçbek bölib, Volkswagen ID.3, SAIC MG4, BYD Dolphin va Nio’ning Firefly modellari bilan raqobatlaşadi. 2026-yil aprelida Leapmotor yanada quvvatli va sport uslubidagi Lafa 5 Ultra versiyasini qöşdi: unda old splitter, yon bosqiçlar, orqa diffuzor va spoyler bor, kuzovi esa pastroq.

CnEVPost ma’lumotlariga köra, oktabrda Lafa 5 sotuvlari sentabrdagi 6876 tadan 37,96 foizga oşib, 9486 donaga yetdi. Bu ketma-ket ikkinçi öciş va 2026-yildagi eng yuqori oylik körsatkiç. Yanvar–oktabr oylarida model jami 50 857 dona sotilgan. Leapmotor esa oktabrda global miqyosda rekord darajadagi 106 127 ta avtomobil yetkazib berdi. Yil boşidan beri kompaniya 772 666 ta avtomobil sotdi, bu 1 mln donalik yillik rejaning 77,27 foizi. Rejani bajariş uçun sönggi ikki oyda yana 227 334 ta, ya’ni oyiga örtaça 113 667 ta avtomobil sotiş kerak böladi.