Ilon Maskka tegişli X ijtimoiy tarmoği videolardan qisqa parçalar, ya’ni kliplar kesib oliş uçun öz vositasini işga tuşirdi. Bu haqda kompaniyaning ijodkorlarga möljallangan XCreators akkaunti e’lon qildi, TechCrunch naşri esa yangilik tafsilotlarini keltirdi.

X’ning ta’kidlaşiça, endi foydalanuvçilar istalgan videodan özlariga yoqqan lahzani kesib olib, unga öz fikrini qöşişi va platformani tark etmasdan joylaşi mumkin. Har bir klipda «Clip from» yorliği böladi. U asl videoga havola beradi, bu esa tomoşabinlarga manba muallifi va uning kontentini topişga yordam beradi.

X ijtimoiy tarmoği logotipi

Kompaniya ma’lumotiga köra, video muallifi ham, klip yaratuvçi ham klip körişlaridan Original Content Rewards dasturi orqali daromad olişi mumkin. Bu dastur faqat talablarga mos keladigan ijodkorlar uçun möljallangan, tölovlar esa auditoriyaning faolligi ma’lum darajaga yetganda amalga oşiriladi. TechCrunch fikriça, yangi vosita amalda oddiy video qirqiş funksiyasidan iborat.

Uzun videolarni qisqa va oson tarqaladigan parçalarga bölib, körişlar va reklama daromadini oşiriş uslubi köp yillardan beri qöllanib kelinadi. Naşrning yozişiça, blogerlar bu işni köpinça maxsus kompaniyalarga topşiradi, yirik brendlar ham bunday xizmatlardan marketing kampaniyalarida tobora köproq foydalanmoqda. Bu usul siyosiy kampaniyalarda ham qöllangan.

X sönggi yillarda ijodkorlar uçun bir qator funksiyalarni qöşdi. 2022-yil dekabrida, platforma hali Twitter deb atalganida, Twitter Blue obunaçilari uçun 60 daqiqagaça uzunlikdagi videolar joriy qilingan. Keyinroq premium obunaçilar uçun uzun maqolalar paydo böldi, 2026-yil martida obunaçilar uçun yopiq «eksklyuziv tredlar», iyulda esa jonli efirlar studiyasi va jonli efirga çiqqan ijodkorlar uçun 1 mln dollarlik fond e’lon qilingan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar