Janubiy Koreyaning Gentle Monster közoynak kompaniyasi Samsung va Google bilan hamkorlikda yaratilgan Android XR aqlli közoynaklarini dekabr oyida sotuvga çiqarişini ma’lum qildi. Road to VR naşri xabar berişiça, kompaniya buni 6-noyabr kuni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida e’lon qilgan.
Reklama kampaniyasining boş qahramoni Gollivud aktyori Joaquin Phoenix böldi, kampaniya noyabr oyining keyingi kunlarida boşlanadi. Aktyor iştirok etgan qisqa metrajli filmni Oskar va BAFTA mukofotlari sovrindori Jonathan Glazer suratga olgan. Film Android XR közoynaklarining imkoniyatlarini, masalan, tillarni tarjima qilişni namoyiş etişi kerak. Uning töliq versiyasi noyabr oyining örtalarida çiqişi kutilgan.
Glazer «The Zone of Interest» (2023), «Under the Skin» (2013) va «Sexy Beast» (2000) filmlari bilan tanilgan. 1990–2000-yillarda u Blur, Radiohead va Jamiroquai guruhlari uçun kliplar ham suratga olgan.

Hozirça dekabrdan boşqa aniq çiqiş sanasi va narxlar e’lon qilinmagan. Gentle Monster bilan bir qatorda Warby Parker közoynaklari ham Android XR’ni qöllab-quvvatlaydigan birinçi qurilmalardan biri böladi. Ikkala kompaniya ham dastlabki modellarini öz saytlarida körsatib böldi.
Meta’ning kamerali közoynaklari singari, bu modellar örnatilgan kameralar, mikrofonlar va quloqqa tegmaydigan dinamiklarga ega. Ular yordamida qönğiroq qiliş, podkast tinglaş va Google Gemini bilan muloqot qiliş mumkin. Samsung ma’lumotlariga köra, birinçi avlod közoynaklari Qualcomm Snapdragon AR1 Gen 1 çipi va indikator çiroqli 12 Mp old kamera bilan jihozlangan. Ular bir marta quvvatlanganda 9 soatgaça işlaydi, qöşimça quvvat uçun esa portativ zaryadlaş qutisi beriladi.