Kaliforniya texnologiya instituti (Caltech) muhandislari yaratgan ASTRA (Autonomous In-Space Tensioned Reflector Assembly) roboti koinotda Yerdan real vaqtda boşqarilmagan holda inşootni mustaqil yiğa olişini körsatdi. Space.com naşri xabar berişiça, bu turdagi namoyiş tarixda birinçi bor amalga oşirildi.

Qurilma 30-mart kuni SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasida Transporter-16 missiyasi doirasida orbitaga çiqarilgan. U yerda robot Momentus kompaniyasining Vigoride 7 orbital tortqiçisiga örnatildi. Robot diametri 1,4 metr bölgan antenna qismini yiğiş uçun kompozit quvurlar, alyuminiy tugunlar va issiqlikka çidamli Kapton polimer plyonkasidan foydalangan. Bu iş orbitada bir neça soat davom etdi.
Muhandislar robotga kuniga taxminan 15 daqiqalik qisqa aloqa seanslarida buyruq yuborişgan. Detallarni joylaştiriş va ularni montaj plitasiga mahkamlaşni tizim özi bajargan. Muammolar yuzaga kelganda mutaxassislar Caltech laboratoriyasidagi zaxira nusxada yeçimlarni sinab körib, keyin orbitadagi qurilmaga yangilangan körsatmalarni yuborişgan.

Namoyiş AQŞ Mudofaa vazirligining DARPA agentligi NOM4D dasturi doirasida ötkazildi. DARPA ma’lum qilişiça, dastur ğoyadan koinotda işlaydigan prototipgaça 15 oyda yetib kelgan. Dastur rahbari Endryu Detor bu natijani «yakun emas, balki boşlaniş» deb atadi. Loyiha rahbari Serjio Pellegrinoning aytişiça, hozirgi tajriba faqat asosiy yiğiş algoritmlarini sinaydi, keyinçalik esa uzunligi yuzlab metr va hatto kilometrga yetadigan inşootlarni qurişga ötiş rejalaştirilgan.
Raketaning burun qismi ölçami bilan çeklangan yuklardan farqli ravişda, mikrogravitatsiyada qismlarni yiğiş deyarli istalgan maydondagi inşootlarni yaratiş imkonini beradi. Bunday texnologiya rasadxonalar uçun katta optik közgular, orbital elektr stansiyalari uçun quyoş panellari va radioteleskoplar qurişda qöllanilişi mumkin. Vaqt çeklangani sababli jamoa antennani töliq yiğib ulgurmadi, biroq missiya avtonom qurilişning asosiy bosqiçlari işlayotganini tasdiqladi.