Rockstar Games va Sony Grand Theft Auto VI uçun qisqa treyler e’lon qilib, öyinni oldindan yuklab oliş boşlanganini eslatdi. StopGame naşri xabar berişiça, Rockstar bu bilan birga öyinning konsollardagi işlaş tezligi haqida ham ma’lumot berdi.

Grand Theft Auto VI öyinidan kadr

Kompaniya ma’lum qilişiça, GTA VI boşidanoq konsollarning hozirgi avlodi uçun yaratilgan. PlayStation 5 va Xbox Series konsollarida öyin sekundiga 30 kadr tezlikda işlaydi, bunda joylar va personajlarning ziçligi hamda detallaşuvi saqlanib qoladi. Unumdorlik rejimi haqida Rockstar heç narsa demadi.

PlayStation 5 Pro egalariga PSSR texnologiyasi tufayli tiniqroq tasvir hamda faqat şu konsolda mavjud bölgan nur kuzatuvli (ray tracing) soyalar va’da qilinmoqda. PlayStation’da 3D tovuş va kontrollerning taktil javobi ham qöllab-quvvatlanadi.

PlayStation 5 Pro va GTA VI

Öyin Xbox Cloud Gaming bulutli xizmati orqali ham mavjud böladi: Xbox Series va Xbox One konsollarida u Series S darajasida körinadi. Bundan taşqari, PlayStation va Xbox’da Remote Play funksiyasi qöllab-quvvatlanadi.

GTA VI 2026-yil 19-noyabrda faqat konsollarda çiqadi. Miş-mişlarga köra, kompyuter versiyasi 2027-yilning birinçi çoragida çiqişi mumkin. PlayStation Europe esa GTA VI PlayStation Store tarixidagi eng köp oldindan buyurtma qilingan öyin bölganini ma’lum qildi. StopGame’ning yozişiça, Microsoft Store’da ham xuddi şunday natija qayd etilgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar