Amazon’ga tegişli Ring kompaniyasi 2026-yil 10-noyabrda avtonom mobil xavfsizlik tizimlarining yangi Ring Robotics liniyasini e’lon qildi. Unga ikki qurilma kirdi: uy içida uçib yuradigan Ring Drone Cam kamerasi va biznes uçun möljallangan Ring Rover Cam patrul roboti. Bu haqda Amazon’ning rasmiy saytida ma’lum qilindi, 3DNews naşri ham xabar berdi.

Ikkala qurilma ham AI Pilot texnologiyasida işlaydi. U uy yoki ofis xaritasini tuzadi, patrul uçun nazorat nuqtalarini taklif qiladi, yönalişni rejalaştiradi va töşiqlarni aylanib öta oladi. Buning uçun qurilma kameralari, kompyuter körişi modellari, datçiklar va bulutli hisoblaşlardan foydalaniladi. Videolar Ring’ning TAKE (Throw Away the Key) şifrlaşi bilan himoyalanadi.

Ring Rover Cam patrul roboti

Ring Drone Cam 148 darajali köriş burçagiga ega, 360 daraja aylanadi va 2K sifatda video uzatadi. Qoronğida yozib olişi uçun ikkita LED çiroq örnatilgan. Dron jadval asosida yoki istalgan paytda belgilangan yönalişda uçadi, boşqa Ring qurilmalari işga tuşganda esa avtomatik ravişda kerakli nuqtalarga boradi. Uni Alexa Home Map orqali boşqariş mumkin. Dok stansiyasida turganida kamerasi öçirilgan böladi — u faqat uçiş paytida yozadi, propellerlari esa ançagina şovqinli. AQŞda narxi 249,99 dollar, yetkazib beriş 2027-yil 27-yanvarda boşlanişi kutilmoqda. Amazon’ning ma’lum qilişiça, dron hali AQŞ Federal aloqa komissiyasi (FCC) ruxsatini olmagan va ruxsat berilmaguniça sotilişi mumkin emas.

Ring Rover Cam esa korxonalar uçun möljallangan ğildirakli robot. U 4K gaça sifatda video yozadi, peştaxta va javonlar ustidan qaraş uçun kötariluvçi kamera ustuniga ega, har bir nuqtaga yetib borganda 360 daraja atrofni körib çiqadi. Robotda sirena, signal çiroği va ikki tomonlama ovozli aloqa bor, u zaryadlaş stansiyasida turganida ham odam harakatini aniqlay oladi. Narxi 999,99 dollar, oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda, AQŞda yetkazib beriş 2026-yil 16-dekabrda boşlanadi.

Ring Robotics qurilmalari

Ring asosçisi Jeymi Siminoff yeçim «şunçaki köproq kamera qöşiş» emasligini aytib, bu har bir uy va biznes uçun faol avtonom himoya mavjud böladigan kelajakning boşlanişi ekanini ta’kidladi. Eslatib ötamiz, Amazon 2021-yilda 1450 dollarlik Astro uy robotini taqdim etgan edi, biroq u faqat taklifnoma orqali sotilib, bir neça ming xaridorgagina yetib borgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar