Baidu Tieba platformasida 5-noyabr kuni Apple’ning hali çiqmagan ikki smartfoni, iPhone 18 va iPhone 18e’ning rentgen suratlari paydo böldi. Ularni Littertree66 taxallusli insayder e’lon qilgan. Mazkur modellarga Taycan va Nevera kod nomlari nisbat berilmoqda.
iXBT.com naşri xabar berişiça, ikki qurilmaning içki joylaşuvi deyarli bir xil bölişi mumkin. Bu asosiy plata örni, batareya şakli va MagSafe ğaltagiga ham taalluqli.

Miş-mişlarga köra, iPhone 18’da jismoniy SIM-karta uyasi olib taşlanişi, pastki dinamik va vibratsiya motori esa qayta işlanişi mumkin. Buning hisobiga batareya siğimi 3671 mAh dan 4430 mAh gaça, ya’ni taxminan 20 foizga oşişi kutilmoqda. Bu özgariş, ehtimol, faqat eSIM bilan işlaydigan versiyaga tegişli.
iPhone 18e batareyasi ham 4430 mAh ga yetişi aytilmoqda. Bu iPhone 17e’dagi 4005 mAh dan taxminan 10 foiz köp. Smartfonning orqa tomonida bitta kamera saqlanib qoladi, U2 UWB çipi esa unda bölmasligi aytilmoqda.

iPhone 18’da ikkita kamera moduli qoladi, ammo asosiy kamera bloki avvalgisidan jismonan kiçikroq bölişi, sensor ruxsati esa özgarmasligi mumkin. Ikkala modelga ham Dynamic Island va pölat qobiqli batareyalar berilişi aytilmoqda.
Naşrning yozişiça, Littertree66’ning CAD çizmalari, rentgen suratlari hamda Tata va Foxconn hamkorlarining muhandislik ma’lumotlar bazalariga kirişi bor. U avval ham aniq ma’lumotlar bergan, jumladan, faqat eSIM bilan işlaydigan iPhone 18 Pro batareyasi 4288 mAh bölişini aytgan.