CarNewsChina naşri Jiemian’ga tayanib xabar berişiça, Tesla’ning yuridik bölimi Xitoyning yangi energiyali avtomobillarga ixtisoslaşgan D1EV (D1ev.com) media platformasiga rasmiy ogohlantiriş xati yubordi. Nizo Çanşa şahrida ötkazilgan «Intellektual haydaş musobaqasi» sabab kelib çiqdi: unda D1EV FSD V14.2.2 tizimining norasmiy faollaştirilgan versiyasi örnatilgan Tesla Model Y avtomobilidan foydalangan.

Tesla’ning da’vosiga köra, avtomobil hududiy çeklovlarni çetlab ötiş uçun noqonuniy ravişda buzib kirilgan va faollaştirilgan. Kompaniya fikriça, bu Xitoyda foydalanişga ruxsat berilmagan funksiyalarni işga tuşiradi, sinovlarni ommaga tarqatiş esa Xitoy kiberfazo boşqarmasi hamda Bozorni tartibga soliş davlat boşqarmasining sinov malakasi va kontent haqqoniyligiga oid qoidalarini buzadi.
Tesla D1EV’dan ruxsatsiz buzib kiriş, faollaştiriş va sinovlarni darhol töxtatiş, barça video, maqola va ijtimoiy tarmoqdagi postlarni öçiriş hamda ularni boşqa platformalardan ham olib taşlatişni talab qildi. Şuningdek, naşr 48 soat içida avtomobillarning VIN raqamlarini taqdim etişi, ularni zavod sozlamalariga qaytarişda Tesla texnik jamoasi bilan hamkorlik qilişi va kelajakda kompaniya tizimlariga ruxsatsiz kirmaslik haqida yozma majburiyat berişi kerak. Tesla talablar bajarilmasa, iş jinoiy javobgarlikkaça borişi mumkinligini ogohlantirdi.
D1EV boş direktori Pang Yiçeng talablarni rad etdi va naşr harakatlarini noqonuniy deb hisoblamasligini aytdi. Uning söziga köra, naşr iste’molçilarga haqqoniy şarhlar beriş uçun Tesla’dan içki sinov versiyalariga rasmiy kiriş huquqini bir neça bor söragan, maqsad regulyatorlarni FSD V14’ni Xitoyda rasmiy tasdiqlaşni tezlaştirişga undaşdir, muxlislar esa tizim Xitoyning murakkab yöllarida qanday işlaşini körişni istagan. «Agar yuridik bölimingiz harakat qiliş zarur deb hisoblasa, marhamat, şunday qiling. Biz kontentni öçirmaymiz», dedi u video murojaatida. Pang ijtimoiy tarmoqdagi postida esa «Sudda körişamiz» deb yozdi.

FSD V14 Xitoyda tijoriy foydalaniş uçun hali töliq ruxsat olmagan, biroq xabarlarga köra avtomobil egalari bu opsiya uçun 64 ming yuan (9600 dollar) tölagan. Mamlakatda «kulrang bozor» ham mavjud: odatda bir neça yuz yuan (140 dollardan oşmaydi) turadigan uçinçi tomon vositalari çeklangan funksiyalarni oçib beradi. Şu yil avvalroq Janubiy Koreyada 80 dan ortiq Tesla egasi FSD’ni taşqi qurilmalar yordamida faollaştirgani uçun tergov qilingan edi: ularga ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki taxminan 100 ming yuan (14 900 dollar) miqdorida jarima tahdid solgan. Tesla China hozirgaça qöşimça izoh bermagan.