Yaponiyaning SEGA kompaniyasi axborotnomalariga obuna bölgan 2,2 mln foydalanuvçining elektron poçta manzillari sizib çiqqanini ma’lum qildi. BleepingComputer naşri xabar berişiça, hujum SEGA’ning öz tizimlariga emas, uning axborotnomalarini tarqatuvçi ARARA kompaniyasiga qarşi uyuştirilgan. Bundan taşqari yana 92 300 ta yozuv oşkor bölgan, ularning tafsilotlari hali aniqlanmoqda.

Hodisa SEGA va SEGA Fave mahsulotlari hamda xizmatlariga oid 11 ta axborotnomaga taalluqli. Kompaniya ma’lumotiga köra, sizib çiqqan ma’lumotlar orasida ismlar, tuğilgan sanalar, jins, manzillar, telefon raqamlari, bank karta ma’lumotlari va hisob parollari yöq. «SEGA Account» hisoblariga bağlangan manzillar alohida tizimda saqlangani uçun zarar körmagan. SEGA hozirça ma’lumotlardan suiiste’mol qilinganini tasdiqlovçi dalil topmagan va ARARA bilan birgalikda tekşiruv olib bormoqda.

Voqealar zanjiri quyidagiça bölgan: 29-oktabrda ARARA SEGA’ga ma’lumotlar buzilmaganini aytgan. 2-noyabrda esa ARARA öz elektron poçta tarqatiş xizmati buzilganini e’lon qildi: taxminan 380 korporativ mijozga tegişli 77 mln elektron poçta manzili zarar körgan. 3-noyabrda kompaniya SEGA’ga ma’lumotlar oşkor bölganini xabar qilgan, 5–8-noyabr kunlari esa töliq tafsilotlarni taqdim etgan. ARARA sabab sifatida veb-serverdagi zaiflik va tizim muhitidagi muammolarni körsatdi, biroq hujum usuli va vaqti hali örganilmoqda. Oktabr oxirida xakerlar ARARA xizmati orqali kredit karta kompaniyalari nomidan 7 mln dan ortiq soxta xat yuborgan.

Ayni hujumdan boşqa yapon kompaniyalari ham jabr kördi. Jumladan, MOS Burger tarmoği 7,5 mln, TKC 2,3 mln, IIJmio esa qariyb 1 mln elektron poçta manzili oşkor bölganini ma’lum qildi. Shochiku Multiplex Theatres kinoteatrlar tarmoğida 3,3 mln yozuv zarar körgan.

SEGA Fave şöba kompaniyasi

Bundan alohida, SEGA’ning SEGA Fave şöba kompaniyasi 2-noyabrda ALL.Net va Aime arkada tarmoq xizmatlari serverlariga ruxsatsiz kirilganini e’lon qilgan edi. Onlayn öyin rejimi, SEGA Lucky Kuji Online va yangi SEGA ID röyxatdan ötkaziş xizmatlari töxtatilgan va hozir ham texnik xizmat hamda xavfsizlik tekşiruvi uçun öçirilgan. Dastlabki tekşiruv mijozlar yoki hamkorlar ma’lumotlari öğirlanganini körsatmagan, tölov ma’lumotlari esa alohida saqlangani uçun zarar körmagan. SEGA ikki hodisa özaro bağliq emasligini ta’kidlamoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar