Ötgan hafta X ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari Grok Bot sun’iy intellekt agentidan foydalaniş limitlari juda tez tugab qolayotganidan şikoyat qila boşladi. Business Insider naşri xabar berişiça, bu şikoyatlarga SpaceX rahbari Ilon Mask şaxsan javob qaytardi.

Mask foydalanuvçilardan «Limitlari yuqoriroq bölgan tarifga ötiş juda qimmatmi?» deb söradi. Boşqa bir izohida esa u limitlarni qisqartiriş va bu haqda foydalanuvçilarni xabardor qilişni «şunçaki oqilona qadam» deb atadi. Mask, şuningdek, Grok Bot’ni işlatiş xarajatlari u keltirayotgan daromadga nisbatan haddan taşqari yuqori ekanini tan oldi. Biroq u aniq xarajat miqdorini aytmadi va obunaçilar uçun limitlar qisqartirilgan-qisqartirilmaganiga aniqlik kiritmadi.
Grok Bot 2026-yil avgust oyida taqdim etilgan. Xizmat bepuldan tortib oyiga 200 dollargaça bölgan bir neçta tarifda mavjud, har bir tarifda esa haftalik yangilanadigan foydalaniş limitlari bor.
SpaceX’ning uçinçi çorak hisoboti taqdimotida Mask Grok Bot’ni özi işlagan mahsulotlar orasida eng tez ösayotgani deb atagan edi. Uning söziga köra, vaqt ötişi bilan Grok Bot «superintellekt» uçun möljallangan hisoblaş quvvatlarining katta qismini iste’mol qiladi. Kompaniya ma’lumotlariga köra, Grok Bot’ning haftalik pullik foydalanuvçilari soni 800 mingtaga yetgan. Mask bitta foydalanuvçiga töğri keladigan yuklama ham ösayotganini ta’kidlagan: «Grok Bot foydaliroq bölgani sari foydalanuvçilar unga kamroq emas, balki tez-tez murojaat qila boşlaydi».
Ba’zi X foydalanuvçilari Mask’ning bu e’tirofini masxara qilib, unga ilgari aytgan sözlarini eslatişdi: Mask avvalroq sun’iy intellekt tufayli farovonlik davri yaqinlaşayotgani sababli pul jamğarişning ma’nosi yöq, degan edi.