Morgan Stanley tahlilçisi Maykl Saypris 2-noyabr kuni Coinbase aksiyalari böyiça tavsiyani «bozor darajasida»dan «bozordan past» darajasiga tuşirdi. CoinDesk naşri xabar berişiça, aksiyalarning maqsadli narxi 258 dollardan 120 dollargaça, ya’ni 53 foizga qisqartirildi.
«Daromadlar tiklanişiga bölgan işonç susaydi», deb yozdi Saypris. U savdo faolligining pasayişi, tuşum prognozining zaiflaşgani hamda yaqinda Binance’ga qilingan xakerlik hujumidan söng kriptobozorda yuzaga kelgan noaniqlikni sabab sifatida keltirdi. Bank kriptovalyuta savdosidagi sekinlaşuv Coinbase foydasiga yillar davomida bosim ötkazişini kutmoqda.

Morgan Stanley 2027-yil uçun tuşum prognozini 28 foizga, tuzatilgan EBITDA böyiça prognozni esa 47 foizga kamaytirdi. 2028-yil uçun bu körsatkiçlar mos ravişda 18 va 25 foizga qisqartirildi. Bank hisob-kitoblariga köra, 2028-yilga kelib normallaşgan EBITDA 2,4 mlrd dollarni taşkil etadi, bu 2025-yil darajasidan taxminan 14 foiz past. Baholaşda qöllanadigan EBITDA koeffitsiyenti ham 20 baravardan 12 baravarga tuşirildi.
Coinbase ötgan hafta e’lon qilgan uçinçi çorak hisobotiga köra, kompaniya tuşumi 1,22 mlrd dollarni taşkil etib, bir yil avvalgiga nisbatan 35 foizga kamaydi va oldingi çorak darajasida qoldi. Tranzaksiyalardan tuşgan daromad 44 foizga qisqarib, 590 mln dollarga, obuna va xizmatlardan tuşgan daromad esa 20 foizga kamayib, 570 mln dollarga tuşdi. Çorak davomida kriptobozordagi savdo hajmi 10 foizga qisqardi, volatillik esa köp yillik minimumga tuşdi.
Törtinçi çorak uçun Coinbase 25-oktabrgaça tranzaksiyalardan taxminan 165 mln dollar daromad olganini ma’lum qilgan. Obuna va xizmatlardan tuşum 550–630 mln dollar, tuzatilgan xarajatlar esa 1,01–1,16 mlrd dollar bölişi kutilmoqda (uçinçi çorakda 975 mln dollar). Duşanba kuni savdolar boşida Coinbase aksiyalari 2,3 foizga arzonlaşib, 140,25 dollarni taşkil etdi. Undan oldingi haftada qimmatli qoğozlar 10 foizga tuşgan edi.