BleepingComputer naşri xabar berişiça, xakerlar Yevropadagi bir neçta supermarketlar tarmoğida muzlatgiçlar va sovutiş tizimlarining harorat sozlamalarini masofadan özgartirgan. Ayrim hollarda ular muzlatgiçlarni butunlay öçirib qöygan yoki muzdan tuşiriş funksiyasini işga tuşirgan. Natijada harorat kötarilib, mahsulotlar yaroqsiz holga kelgan, dökon rahbarlari esa erta tongda vaziyatni bartaraf etişga majbur bölgan.
Hujumlardan Belgiya, Niderlandiya, Şvetsiya, Lyuksemburg, Irlandiya va Estoniyadagi 115 dan ortiq dökon zarar körgan. Bu yagona muvofiqlaştirilgan hujummi yoki alohida nişonli hujumlarmi, hozirça noma’lum. Şvetsiyada ICA tarmoğining kamida 4 ta va Coop’ning 7 ta dökoni, Belgiya va Lyuksemburgda Ahold Delhaize’ning qariyb 40 ta, Carrefour’ning 700 ta dökonidan 15 tasi, Intermarché’ning 15 ga yaqin va Spar Colruyt’ning 5 ta dökoni jabrlangan. Irlandiyada SuperValu’ning 13 ta, Estoniyada Selver’ning 1 ta dökoni, Niderlandiyada esa kamida 17 ta qassobxona va mahalla dökonlari zarar körgan. Belgiyaning Mons şahridagi IKEA dökoni hamda bir neçta şokolad dökonlari ham hujumga uçragan.

TV4 telekanaliga gapirgan ICA dökonlaridan birining rahbari harorat +50°C ga özgartirilganini va uni qayta sozlab bölmaganini aytgan, şu sababli muzlatilgan mahsulotlar çiqarib taşlangan. RTL ma’lumotlariga köra, Ahold Delhaize dökon rahbarlarini tonggi soat 4 atrofida SMS orqali ogohlantirgan, ayrim dökonlar esa mahsulotlarni saqlab qoliş uçun sovutgiçli yuk maşinalaridan foydalangan. Coop vaziyat nazorat ostiga olinganini, bir holatda esa tizim hatto issiqlik çiqara boşlaganini ma’lum qildi.
RTL xabariga köra, jabrlangan dökonlarning bir qismiga sovutiş uskunalarini Sabcobel kompaniyasi yetkazib bergan. Uning direktori Stephan Moelans hujumçi ötgan oy Fransiyadagi hujumlarda qöllanilgan zaiflikdan foydalanganini aytdi. Uning söziga köra, texniklar tungi soat 1 dan boşlab zararlangan qurilmalarni tarmoqdan uza boşlagan. Moelans dasturiy yangilanişning özi yetarli emasligini, muzlatgiçlarga jismoniy özgartirişlar ham kiritiş kerakligini ta’kidladi. Uning aytişiça, mijozlarning aksariyati endi qurilmalarni xavfsiz internet ulanişi orqali boşqarişga ötgan.

Eslatib ötamiz, oktyabr oyida Fransiyada yuzlab dökonlarda hujumçilar sovutiş kontrollerlarini masofadan muzdan tuşiriş rejimiga ötkazgan edi. Öşanda Danfoss AK-SM/AK-SC hamda Copeland/Dixell XWEB kontrollerlari nişonga olingan, Fransiyaning CERT-FR kiberxavfsizlik xizmati esa bu haqda ogohlantiriş e’lon qilgan edi.