Snap kompaniyasi ikki öspirin tomonidan qözğatilgan sud da’vosi böyiça kelişuvga erişdi. Da’vogarlar platforma qaramlik uyğotadigan qilib işlab çiqilgani va bu ularda depressiya, xavotir hamda ovqatlaniş buzilişlariga sabab bölganini ta’kidlagan. Bu haqda dastlab Reuters xabar bergan, TechCrunch naşri ham ma’lumotni tasdiqladi.

Da’vogarlar avvalroq Meta, TikTok va YouTube bilan ham kelişib olgan edi. Mazkur sud jarayoni ijtimoiy tarmoqlarning yoşlarga ta’siri böyiça qözğatilgan köplab da’volar qatorida Snap uçun birinçi sud bölişi kerak edi. Kompaniya sudda körilişi rejalaştirilgan boşqa işlarni ham avvalroq kelişuv bilan yakunlagan. Jarayonda Snap boş direktori Evan Spiegel guvohlik beriši kutilgan edi.

Snap boş direktori Evan Spiegel

Da’vo arizasiga köra, öspirinlar YouTube’dan 3 yoşidan, boşqa ijtimoiy tarmoqlardan esa taxminan 9 yoşidan foydalana boşlagan. Ular ilovalardan töxtovsiz foydalaniş odatiga ega bölib qolgan va buni videolarning avtomatik ijro etiliši hamda lentaning çeksiz aylantirilişi kabi funksiyalar bilan bağlagan.

Snap vakili tomonlar masalani tinç yöl bilan hal qilganidan mamnun ekanini aytdi. Uning söziga köra, kompaniya himoya mexanizmlarini yaratgan, xavfsizlik böyiça qöllanmalarni işga tuşirgan va mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. Snap xavfsizlik, maxfiylik va foydalanuvçilar farovonligini mustahkamlaşda davom etişini ham ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoq kompaniyalari AQŞning federal va ştat sudlarida minglab da’volarga duç kelmoqda. Ularda kompaniyalar platformalarni yoş foydalanuvçilarni bağlab qöyadigan qilib ataylab loyihalagani va bu yoşlar orasida xavotir, depressiya hamda suitsid bilan bağliq ruhiy salomatlik inqiroziga olib kelgani da’vo qilinadi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar