SpaceX rahbari Ilon Mask orbital data-markazlarning hisoblaş quvvatlari yaqin ikki yil içida Yerdagi data-markazlarnikidan tezroq ösa boşlaşini bildirdi. iXBT.com naşri xabar berişiça, Mask bu prognozni öz postida e’lon qilgan.

Mask’ning fikriça, taxminan 2028-yil oxirida har oy orbitaga joylaştirilayotgan hisoblaş quvvatlari hajmi Yerdagi quvvatlardan oşib ketadi, 2029-yilda esa ulardan sezilarli darajada ustun keladi. U Yerdagi hisoblaş quvvatlari orbitadagilarga nisbatan arzimas darajada qolişini ham ta’kidladi.

Orbitadagi data-markaz tasviri

SpaceX uzoq vaqtdan beri orbital data-markazlar ustida işlamoqda. Ular quyoş panellari va issiqlikni çiqarib yuboriş tizimlari bilan jihozlangan yirik sun’iy yöldoşlar asosida quriladi. Kompaniya bunday tizimlar deyarli uzluksiz quyoş energiyasidan foydalanişini va sun’iy yöldoşlar özaro lazer aloqa kanallari orqali bağlanişini kutmoqda. Uzoq muddatli rejalarda 1 milliongaça sun’iy yöldoşdan iborat turkum yaratiş közda tutilgan.

SpaceX dastlabki namoyiş tizimlarini 2027-yil oxirigaça orbitaga çiqarişni maqsad qilgan, keng miqyosli kengayiş esa 2028-yilda kutilmoqda. Loyihalardan biri bölgan AI1 sun’iy yöldoşlarining örtaça hisoblaş quvvati taxminan 120 kVt bölişi mumkin.

Yer atrofidagi sun’iy yöldoşlar tarmoği tasviri

Bu rejalarda töliq qayta foydalaniladigan Starship raketasi asosiy rol öynaşi kutilmoqda. U yirik sun’iy yöldoşlar va uskunalarni hozirgi raketalarga qaraganda köproq hajmda va arzonroq narxda orbitaga yetkazib berişi mumkin.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar