Ijtimoiy virtual reallik platformasi VRChat sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentga maxsus belgi qöşmaslikka qaror qilganidan söng foydalanuvçilarning keskin noroziligiga duç keldi. Bu haqda Road to VR naşri xabar berdi.
Yaqinda VRChat sifatsiz, şoşilinç yaratilgan kontentga qarşi kuraşiş uçun sun’iy intellekt yaratgan materiallarni belgilaş kerakmi, degan savol bilan sörovnoma ötkazgan edi. Unda 21 mingdan ortiq foydalanuvçi iştirok etdi. Sörovnoma natijalari hozir oçiq emas, biroq Yaponiyaning Automaton naşri ma’lumotlariga köra, respondentlarning qariyb 95 foizi bunday belgi joriy etilişini istagan.
Ötgan hafta e’lon qilingan bayonotda kompaniya «AI-generated» belgisi ham, sun’iy intellekt filtrlari ham qöşilmasligini ma’lum qildi. VRChat fikriça, bunday belgi ijodkorlarni qisman sun’iy intellekt yordamida bajarilgan işini butunlay qölda qilingan deb körsatişga undaşi, şuningdek, ijodkorlarni foş qiliş va ularga tazyiq ötkaziş holatlarini kuçaytirişi mumkin. «Hozirgi holatda sun’iy intellektdan foydalanganingizni aytiş xuddi aybni böyniga olişdek tuyuladi», deyiladi bayonotda.
Buning örniga platforma dunyolarni reklama qiliş uçun sun’iy intellekt yaratgan, haqiqatga mos kelmaydigan muqova rasmlaridan foydalanişni taqiqlaydi. Şuningdek, dunyolarni yoqtiriş yoki yoqtirmaslik va ular haqida fikr qoldiriş imkoniyati qöşiladi. Kompaniya ixtiyoriy «Inson tomonidan yaratilgan» belgisini joriy etiş masalasini hali hal qilmagan: agar u paydo bölsa, faqat dunyo sahifasida körinadi, qidiruvdagi örinlarga ta’sir qilmaydi, uning yöqligi esa ayblov hisoblanmaydi.

Qaror e’lon qilinganidan söng foydalanuvçilar Steam’da VRChat’ga ommaviy ravişda salbiy şarhlar yoza boşladi. Maqola yozilgan paytda sönggi 30 kunda qoldirilgan 4 mingga yaqin şarhning faqat 33 foizi ijobiy bölib, reyting «Asosan salbiy» darajasiga tuşdi. Platformaning umumiy reytingi esa «Asosan ijobiy»dan «Aralaş» darajasiga pasaydi.
Taqqoslaş uçun: SteamDB ma’lumotlariga köra, 2022-yilda VRChat ğirromlikka qarşi himoya tizimini joriy etganida, iyul oyida platformaga 33 mingdan ortiq salbiy şarh yozilgan, keyingi oyda esa yana 8 mingga yaqin şarh qoldirilgan edi.