BYD 2026-yil 5-noyabr kuni Xitoyda ikkinçi avlod Seal 07 sedanini rasman sotuvga çiqardi, deb xabar berdi CarNewsChina naşri. Model töliq elektr (BEV) va plagin-gibrid (DM-i) versiyalarda taklif etiladi. Çegirmalargaça elektr versiyasi 149 900–172 900 yuan (22 475–25 920 dollar), gibrid versiyasi esa 139 900–149 900 yuan (20 975–22 475 dollar) turadi. Vaqtinçalik aksiyalar bilan narxlar 135 900–168 900 yuangaça tuşişi mumkin.
Kompaniya birinçi avlod Seal 07 ning yangilangan versiyasini 2026-yil mart oyi boşida taqdim etgan edi, biroq u yaxşi sotilmadi: China EV DataTracker ma’lumotlariga köra, yanvar–sentabr oylarida Xitoyda atigi 8017 dona yetkazib berilgan. Yangi avlod oradan taxminan sakkiz oy ötib bozorga çiqdi.

Sedan BYD’ning Ocean Aesthetics 2.0 dizayn uslubida yaratilgan va taşqi körinişi flagman Seal 08 ga yaqin. Uning uzunligi 5080 mm, kengligi 1960 mm, balandligi 1495 mm, ğildiraklar oraliği esa 2960 mm ni taşkil etadi. Naşr ta’kidlaşiça, bu BMW 5 Series’ning global versiyasidan 20 mm uzunroq. Tomga God’s Eye B haydovçiga yordam tizimining LiDAR datçigi örnatilgan: tizim şahar yöllari va avtomagistrallarda avtomatik harakatlanişni qöllab-quvvatlaydi.
Elektr versiyasida orqa öqdagi 245 kVt (329 ot kuçi) quvvatli motor va 76,7 kVt·soatlik Blade 2.0 LFP batareyasi bor. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 5,5 soniyada çiqadi, maksimal tezligi 240 km/soat. Bir marta quvvatlanganda CLTC sikli böyiça 775 km, WLTP böyiça 636 km yuradi, sarfi esa 100 km ga 9,8 kVt·soat. Tezkor quvvatlaş batareyani 10 foizdan 97 foizgaça 9 daqiqada töldiradi.

DM-i gibrid versiyasi 115 kVt (154 ot kuçi) quvvatli 1,5 litrlik benzin dvigateli va 160 kVt (215 ot kuçi) quvvatli elektr motoriga ega. U 100 km/soatgaça 7,7 soniyada tezlanadi, 38 kVt·soatlik batareya esa faqat elektrda CLTC böyiça 330 km, WLTP böyiça 271 km yuriş imkonini beradi. Salonda 15,6 dyuymli markaziy ekran, proyeksion displey va 10,25 dyuymli asboblar paneli bor. Yuqori komplektatsiyalarda massajli oldingi örindiqlar, 20 ta dinamik va ičiga örnatilgan muzlatgiç, şuningdek ilgari faqat Denza va Fangchengbao avtomobillarida bölgan DiSus-M magnitoreologik osma taklif etiladi.