Valve kompaniyasi Portal 2 dan oldin işlab çiqqan F-Stop boşqotirma öyinining deyarli tayyor versiyasi ommaga oçiq böldi. 3DNews naşri Kotaku’ga tayanib xabar berişiça, buni Valve fayllarini tahlil qiluvçi ixlosmandlar va Valve Cut Content Team jamoasi amalga oşirgan. F-Stop dastlab birinçi Portal öyinining prikveli sifatida yaratilgan edi.

F-Stop öyinidan lavha

Portal’dan farqli ravişda, bu öyinda asosiy vosita kamera bölgan. U suratga olingan obyektni fotoplyonkaga köçirgan, hosil bölgan nusxadan esa öyin dunyosidagi boşqotirmalarni yeçişda foydalaniş mumkin edi.

Avgust oyida Steam öyinlariga oid taxminan 12 TB hajmdagi Valve ma’lumotlari sizib çiqqan va F-Stop materiallarining katta qismi aynan unda bölgan. Yetişmayotgan mapsrc fayllari va loyihaning manba kodi esa alohida tarqalgan. Ilk öyinçilarning aytişiça, ayrim elementlar va dialoglar yetişmaydi, ammo qolgan jihatdan versiya töliq işlaydi. Norasmiy namoyişlarga köra, öyinni bir soatdan kamroq vaqtda ötiş mumkin. YouTube’da allaqaçon öyinning töliq ötilişi aks etgan videolar paydo bölgan.

F-Stop’dagi kamera mexanikasi

F-Stop Valve’ning «Directed Design Experiments» deb atalgan tajribalari doirasida paydo bölgan: 2007-yilda Portal çiqqanidan söng kompaniya yangi öyinlar ustidagi işni vaqtinça töxtatib, turli prototiplarni sinab köra boşlagan. Xodimlar loyihaga katta qiziqiş bildirgan bölsa-da, sinovlar jamoaning iştiyoqini söndirgan. Natijada F-Stop bekor qilingan, uning ayrim elementlari esa Portal 2 va Aperture Desk Job öyinlariga köçgan. Şunga qaramay, bu loyiha hanuz işlab çiquvçilarni ilhomlantirib kelmoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar