Ovozli tinglash

Tesla kompaniyasi imkoniyati cheklangan insonlar uchun Robotaxi’ning yangi versiyasini yaratish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.

Robotaxi ilovasidagi yangilangan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Tesla maxsus avtomobillarga muhtoj bo‘lgan odamlar uchun yechim ustida ishlamoqda va ko‘rgazmalilik uchun kompaniya Robovan fotosuratidan foydalanmoqda.

Tesla bosh direktori Ilon Mask tegishli savolga "Albatta" deb javob berib, ma’lumotni tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Robovan o‘tgan yili o‘tkazilgan tadbirda taqdim etilgan edi.