Geely tarkibidagi Smart brendi Xitoyda yangi Smart #2 elektromobilini rasman sotuvga çiqardi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, model brendning maşhur ikki eşikli va ikki örinli formatini töliq elektr segmentiga qaytaradi. Premium komplektatsiya narxi 99 900 yuan, ya’ni taxminan 14 900 dollarni taşkil etadi.

Avtomobil avval Parij avtosalonida namoyiş etilgan edi. Xitoy va Yevropa uçun alohida 999 donadan çiqarilgan çeklangan Couture Edition versiyasi allaqaçon sotilib bölgan. Smart #2 ECA elektr kompakt arxitekturasi asosida qurilgan va Mercedes-Benz global dizayn jamoasi rahbarligida işlab çiqilgan.
Elektromobil CATL işlab çiqargan 35,8 kWh siğimli litiy-temir-fosfat (LFP) batareya bilan jihozlangan. CLTC sikli böyiça yuriş masofasi 410 km ni, WLTP böyiça esa taxminan 332 km ni taşkil etadi. Batareyani 30 foizdan 80 foizgaça tez quvvatlaş taxminan 15 daqiqa davom etadi, V2L funksiyasi ham mavjud. Orqa öqqa örnatilgan yagona elektr motor quvvati 60 kVt (80 ot kuçi).

Modelning uzunligi 2751 mm (spoyler bilan 2764 mm), kengligi 1669 mm, balandligi 1555 mm, ğildiraklar orasidagi masofa esa 1875 mm. Burilişning minimal radiusi 3,35 m ga teng. Ikki qismdan iborat orqa eşikning pastki qismi 120 kg gaça yukni kötara oladi. Salonda 12,8 dyuymli markaziy sensorli ekran, 8,8 dyuymli raqamli asboblar paneli, 256 rangli içka yoritiş va Sennheiser audiotizimi örnatilgan.
Xavfsizlik uçun avtomobilda yettitagaça havo yostiqçasi hamda adaptiv kruiz-nazorat, körinmas zonalarni kuzatiş va yöl tasmasidan çiqib ketişning oldini oliş kabi 16 ta faol va passiv funksiya mavjud.