XPeng kompaniyasi 4-noyabr, çorşanba kuni Mona L05 krossoverining birinçi xaridorlari uçun topşiriş marosimini ötkazdi. CnEVPost naşri xabar berişiça, kompaniya rahbari He Xiaopeng avtomobil kalitlarini egalariga şaxsan topşirdi va bu haqda Weibo’da yozdi. Uning sözlariga köra, yetkazib beriş tezlaşmoqda va birinçi oyda 10 ming dona avtomobil topşiriş maqsad qilingan.

XPeng Mona L05 krossoverini topşiriş marosimi

XPeng vitse-prezidenti Yu Tao ma’lum qilişiça, Mona L05 uçun alohida yangi işlab çiqariş liniyasi qurilgan, şu sabab uning işlab çiqarilişi Mona L03 kabi boşqa modellarga ta’sir qilmaydi. U şuningdek, avtomobil işlab çiqarişdan sifat nazoratigaça xalqaro standartlar asosida tayyorlanayotganini aytdi.

Mona L05 Xitoyda 29-oktabr kuni sotuvga çiqqan. Çeklangan muddatli boşlanğiç narx 139 800 yuan (taxminan 20 820 dollar), rasmiy narxlar esa 144 800 yuandan 176 800 yuangaça. Narxlar e’lon qilinganidan köp ötmay, tayyor holatdagi 5 mingga yaqin avtomobil sotilib ketgan. Bu Mona seriyasidagi uçinçi model bölib, beş örinli örta ölçamli krossover hisoblanadi: uzunligi 4870 mm, ğildiraklar oraliği 2940 mm.

Krossover töliq elektr va masofani uzaytirgiçli (EREV) versiyalarda taklif etiladi. Elektr versiyasi CLTC sikli böyiça 635 km gaça yuradi, 100 km ga 11,7 kWh dan energiya sarflaydi, batareyani 30 foizdan 80 foizgaça 15,8 daqiqada quvvatlaydi va soatiga 100 km tezlikka 6,8 soniyada çiqadi. EREV versiyasining umumiy yuriş masofasi 1310 km gaça, faqat batareyada esa 310 km gaça.

Model 82 ta mamlakat va mintaqaga moslaştirilgan. XPeng 25 ta mamlakat va mintaqada 660 ta sinov avtomobili bilan 5 mln km dan ortiq masofani bosib ötgan. Global jönatmalar 26-oktabrda boşlangan, kompaniya avtomobilni 65 ta mamlakat va mintaqada sotişni rejalaştirmoqda, biroq alohida bozorlarga yetkaziş muddatlari hali e’lon qilinmagan. XPeng oktabrda 50 237 ta avtomobil yetkazib berib, oylik rekord qayd etgan. He Xiaopeng avgust oyida kompaniya törtinçi çorakda G9L va Mona L05 hisobiga oyiga 60 mingdan ortiq avtomobil sotişga intilişini aytgan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar