Ovozli tinglash

Google kompaniyasi firma mobil brauzerida varaqlarni mahkamlash funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Varaqlarni qadash allaqachon Android uchun Chrome Canary dastlabki sinov paketida mavjud, shuningdek, Chrome barqaror versiyasida oddiy usulda faollashtirish mumkin.

Uni faollashtirish uchun tegishli bayroqni yoqish (chrome://flags/#android-pinned-tabs) va brauzerni qayta ishga tushirish kerak. Shundan so‘ng, foydalanuvchi varaqlarni ko‘rish ekranini ochishi va qalqib chiquvchi menyudan Pin (Mahkamlash) opsiyasini uzoq bosib chaqirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Varaqni mahkamlashda o‘ng yuqori burchakdagi xoch belgisi yo‘qoladi va uning o‘rniga to‘g‘nog‘ich belgisi paydo bo‘ladi. Varaqni uzoq bosib, "bulovka"ni olib tashlashingiz mumkin. Agar menyuda "Barcha yorliqlarni yopish" bandi bosilsa, mahkamlangan yorliqlar ham o‘chiriladi.