Triangle Factory studiyasi işlab çiqqan Forefront VR-şuteri kelasi hafta PlayStation VR2 garniturasida ham paydo böladi. UploadVR naşri xabar berişiça, öyinning Sony platformasidagi relizi 5-noyabrga belgilangan.

Forefront Battlefield seriyasini eslatuvçi jamoaviy şuter bölib, unda bir matçda 32 nafargaça öyinçi qatnaşadi. Hozirda öyin Meta Quest, Steam va Pico platformalarida mavjud. PlayStation VR2 versiyasi kross-pleyni qöllab-quvvatlaydi, ya’ni Sony garniturasi egalari PC VR va Quest foydalanuvçilari bilan bir serverda jang qila oladi.
PS VR2 uçun versiyada grafika yaxşilangan. Öyin kontrollerlardagi adaptiv triggerlar va garnituraning öz vibratsiya effektlaridan foydalanadi. Naşrga köra, Forefront PS5 va PS5 Pro konsollarida 90 Gs çastotada işlaydi.
Yaqinda öyin uçun Operation: Sandstorm nomli yangilaniş ham çiqqan edi. U qurol va kosmetik buyumlarni oçiş uçun «Battle Pass» uslubidagi progressiya tizimi, yaqin jang quroli, yangi miltiq va yangi öyin rejimini qöşdi.