WhatsApp jamoasi messenjerga xabarlarni belgilangan vaqtda yuboriş funksiyasini qöşmoqda. The Verge naşri xabar berişiça, bu imkoniyat şaxsiy suhbatlarda ham, guruh çatlarida ham işlaydi va yaqin haftalar içida butun dunyodagi foydalanuvçilarga yetib boradi.

WhatsApp’da rejalaştirilgan xabarlar

Foydalanuvçi xabar matnini oldindan yozib, uni yuboriş vaqtini 10 daqiqadan 14 kungaça bölgan oraliqda tanlaşi mumkin. Masalan, tuğilgan kun tabrigini yangi kun boşlanişi bilan yetkazib beriş yoki biror eslatmani qulay vaqtda jönatiş mumkin. Buning uçun yuboriş tugmasini bosib turib, sana va vaqtni belgilaş kifoya. Qabul qiluvçi uçun bunday xabar oddiy xabardan farq qilmaydi.

WhatsApp ilovasida xabarni rejalaştiriş oynasi

Rejalaştirilgan xabarlar alohida röyxatda saqlanadi: ularni körib çiqiş va yuboriliş vaqti kelmasdan oldin öçirib taşlaş mumkin. Xabarlar smartfon öçirilgan yoki batareyasi tugagan taqdirda ham belgilangan vaqtda jönatiladi. Ularga ham uçdan-uçga şifrlaş qöllaniladi.

Funksiya faqat matn bilan çeklanmaydi: foto va videolarni ham oldindan rejalaştirib yuboriş mumkin böladi. Bu imkoniyat avvalroq WhatsApp’ning beta-versiyalarida sinovdan ötkazilgan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar