iXBT.com naşri xabar berişiça, Honor kompaniyasi Watch 6 Pro aqlli soatini Yevropada sotişni boşladi. Aksiya narxlari 31-dekabrgaça amal qiladi: ftorelastomer tasmali qora korpusli versiya 279 yevro (odatiy narxi 379 yevro), metall bilaguzukli kumuşrang versiya esa 329 yevro (odatiy narxi 429 yevro) turadi.

Dastlabki savdo davrida xaridorlarga qöşimça ravişda 22 mm kenglikdagi universal teri tasma hamda mamlakatga qarab Honor Clip yoki Clip 2 Pro simsiz quloqçinlari sovğa qilinadi.

Honor Watch 6 Pro aqlli soati

Soat 1,5 dyuymli dumaloq Tandem OLED ekran bilan jihozlangan, uning eng yuqori yorqinligi 5500 nitga yetadi. Ekran atrofidagi ramka keramikadan yasalgan. Korpus diametri 46,3 mm, qalinligi 11,6 mm, vazni esa 50,9 g ni taşkil etadi.

Qurilma 515 mAh siğimli batareya oladi. Işlab çiqaruvçi ma’lumotlariga köra, kengaytirilgan quvvat tejaş rejimida soat 18 kungaça, odatiy foydalanişda 10 kungaça, ekran doimiy yoqilgan holatda esa 7 kungaça işlaydi. Korpus 5ATM, IP68, IP69 va IP69K standartlari böyiça suv va çangdan himoyalangan.

Honor Watch 6 Pro’ning kumuşrang va qora versiyalari

Watch 6 Pro’da 120 dan ortiq sport rejimi, jumladan professional yuguriş, futbol va badminton maşğulotlari mavjud. Intelligent Sense System tizimi yurak urişi, yurak urişi özgaruvçanligi va boşqa körsatkiçlarni kun böyi kuzatib boradi. Soat Strava xizmati bilan integratsiyalangan, Mastercard va Visa kartalari orqali NFC tölovlarini qöllab-quvvatlaydi hamda Android va iOS qurilmalari bilan işlaydi.

Android Authority naşri ta’kidlaşiça, soatning Xitoyda alohida urğu berilgan yurak tutilişini aniqlaş funksiyasi Yevropa uçun e’lon qilingan materiallarda tilga olinmagan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar