OpenAI ChatGPT’ning Chat va Work bölimlarini bitta interfeysga birlaştirilgan yangi versiyasini kiçik bir guruh foydalanuvçilarga tarqata boşladi. TechCrunch naşri xabar berişiça, kompaniya mahsulot rahbari Thibault Sottiaux seşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida yangilanişni hozirça Pro obunaçilarining kiçik qismi olayotganini ma’lum qildi.

Birlaştiriş haqida OpenAI avvalroq foydalanuvçilarga elektron xat orqali xabar bergan edi. Kompaniya ğoyasiga köra, foydalanuvçi bir joyning özida ğoyani muhokama qilişdan uni amalga oşirişgaça öta oladi: fayl va plaginlarni ulab, ChatGPT’ga sayt yoki taqdimot yaratişni topşiriş, uning işini kuzatib turiş mumkin. Codex esa iş stoli ilovasida alohida qoladi.
Ammo yangilik obunaçilar orasida norozilik uyğotdi. Ijtimoiy tarmoqlar, OpenAI forumi, Reddit va GitHub’da foydalanuvçilar umumiy limitlar sabab ilğor fikrlovçi modellardan hozirgidan kamroq foydalanişlari, lekin obuna uçun avvalgidek pul tölaşlaridan xavotir bildirmoqda.
OpenAI vakili tuşuntirişiça, Chat va Work butun ChatGPT böyiça yagona foydalaniş hisoblagiçiga ega böladi. Instant modeli bilan suhbatlar avvalgidek çeksiz qoladi va umumiy limitga hisoblanmaydi, limit tugagaç ham undan foydalaniş mumkin. Kompaniya köpçilik foydalanuvçilar uçun limitlar tez-tez yangilanmasligini, ammo eng faol foydalanuvçilarning kiçik qismi çeklovga tezroq yetişi mumkinligini aytdi. OpenAI qöllab-quvvatlaş sahifasiga köra, umumiy limitlar dekabr oyida kengroq joriy etiladi.
Raqib Anthropic kompaniyasi sentabr oyida Claude çat-botini va işga yönaltirilgan Cowork xizmatini bitta interfeysga birlaştirgan edi. Naşr qayd etişiça, sun’iy intellekt kompaniyalari infratuzilma xarajatlarining ösişi va kuçliroq modellarga talab ortişi sabab hisoblaş quvvatlari böyiça bosim ostida qolmoqda.