24-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Raqamli texnologiyalar vazirligining Özbekistonda sun’iy intellekt yeçimlarini joriy etiş haqidagi hisoboti eşitildi. Hisobot «2030-yilgaça sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş strategiyasi» doirasidagi işlarni qamrab oldi: davlat boşqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada AI’ni keng qöllaş, milliy hisoblaş infratuzilmasini yaratiş hamda xalqaro hamkorlik. Bu haqda Spot naşri xabar berdi.

Vazir Şerzod Şermatovning ma’lum qilişiça, iyul oyida «Elektron hukumat» tizimining ma’lumotlar markazida umumiy qiymati 24 mln dollar bölgan zamonaviy hisoblaş infratuzilmasi işga tuşirilgan. Sağliqni saqlaş sohasi uçun esa 16 ta HGX H200 kartasidan iborat alohida kiçik klaster işlay boşlagan. Bundan taşqari, tibbiyot va ta’lim loyihalari uçun 8 mln dollarlik server uskunalarini xarid qiliş böyiça şartnoma imzolangan.

Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Qonunçilik palatasida

Vazirlik sun’iy intellekt uçun «Özbek tili korpusi» milliy ma’lumotlar töplamini tayyorlagan: u 6,5 mln hujjat, 6,1 mlrd söz va 20 mlrd tokendan iborat. Rekonstruksiya va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobiga 100 dan ortiq AI loyihasi amalga oşirila boşlangan. «Beş million AI lideri» dasturini 1,6 mln dan ortiq kişi tamomlab, sertifikat olgan. Joriy öquv yilidan maktablarga 7 ta, oliy ta’lim muassasalariga 3 ta sun’iy intellekt darsligi joriy etilgan, universitetlarda uçta AI laboratoriyasi oçilgan.

Oxford Insights’ning 2025-yilgi Government AI Readiness Index reytingida Özbekiston 195 davlat orasida 62-örinni egallab, ikki yil avvalgi natijaga nisbatan sakkiz poğona kötarilgan. IT Parkda sun’iy intellekt loyihalari bilan şuğullanuvçi 240 ta rezident bor: yil boşidan ularning xizmatlari hajmi 895 mlrd sömni, eksport esa 75 mln dollarni taşkil etgan.

Deputatlar yil oxirigaça işlayotgan serverlar soni 24 taga, videokartalar soni 192 taga yetişi kerakligini ta’kidladi. 2027-yil uçun vazifa — quvvati 7 ekzaflopsdan ortiq yangi hisoblaş klasterini işga tuşiriş. Universitetlardagi AI laboratoriyalari soni 21 taga yetkazilişi, ilmiy taşkilotlar va startaplarga GPU klasterlaridan imtiyozli foydalaniş imkoni berilişi lozim. Şuningdek, 2027-yil 1-fevralgaça ai.gov.uz saytida sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlarning yagona reyestrini işga tuşiriş va «Özbek tili korpusi»ni oçiq foydalanişga taqdim etiş tavsiya qilindi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar