RedMagic brendi RedMagic 12 Pro öyin smartfonining global sotuvi boşlanganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda iXBT.com. Qurilma avval Xitoyda taqdim etilgan edi, xalqaro bozorga esa asosiy xususiyatlari özgarmagan holda çiqdi. Eng sezilarli farq quvvatlaşda: Xitoy versiyasidagi 120 Vt örniga global modelda simli quvvatlaş 80 Vt ni taşkil etadi.

Smartfon 6,85 dyuymli OLED ekran bilan jihozlangan: uning ruxsati 1,5K (2688×1216 piksel), yangilaniş çastotasi esa 185 Gs. Ekranda kesik yoki teşik yöq, çunki 16 Mp old kamera ekran ostiga joylaşgan va işlamayotganda körinmaydi.
Qurilma 2 nm texnologiya asosidagi Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori va Adreno 850 grafik yadrosida işlaydi, unga qöşimça Red Core R5 soprotsessori yordam beradi. Operativ xotira LPDDR5T turida bölib, 12 yoki 16 GB ni taşkil etadi, UFS 4.1 doimiy xotirasi esa 256 GB dan 1 TB gaça. Smartfonda havo va suyuqlik yordamida sovutiş tizimlari qöllangan.

Orqa panelda ikkita 50 Mp kamera bor, ulardan biri optik stabilizatsiyaga ega. Batareya siğimi 8400 mAh, simli va simsiz quvvatlaş 80 Vt gaça qöllab-quvvatlanadi. Smartfon Android 17 asosidagi RedMagic OS 12 qobiği bilan işlaydi, stereodinamiklarga ega va IP68/IP69 himoya darajasini olgan.
iXBT.com ma’lumotiga köra, 12 GB operativ va 256 GB doimiy xotirali versiya aksariyat xalqaro bozorlarda taxminan 900 dollar turadi. 16/512 GB versiyasi taxminan 1000 dollar, eng yuqori 16 GB/1 TB konfiguratsiyasi esa taxminan 1200 dollar baholangan. Yevropada narxlar 900 yevrodan boşlanadi.